Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ayol jamiyat ko'zgusi, bola esa millat kelajagidir. Ularning huquq va manfaatlari daxlsizligini ta'minlash nafaqat qonun ustuvorligi, balki insonparvarlikning eng oliy mezonidir. Qaysi jamiyatda ayol e'zozlansa, bola tushunchasi muqaddas bilinsa, o'sha erda taraqqiyot va barqarorlik bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 3 martdagi PF-33-sonli Farmoni bu yo'nalishdagi islohotlarni yangi, sifat bosqichiga olib chiqdi. Mazkur hujjat ayollar va bolalarga nisbatan har qanday zo'ravonlikka qarshi davlatning qat'iy irodasini va murosasiz munosabatini ifodalaydi.

Huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolikjamiyatini barpo etish yo'lida inson huquqlari vaerkinliklarini ta'minlash O'zbekiston davlatsiyosatining ustuvor yo'nalishlaridan birihisoblanadi. Ayniqsa, ayollar va bolalarninghuquq va manfaatlarini himoya qilish, ularganisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlariningoldini olish davlat siyosatining muhim vazifasisifatida belgilangan. SHu nuqtai nazardan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan2026 yil 3 martda qabul qilingan “Ayollar vabolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirishhamda ularga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikholatlarining oldini olish bo'yicha qo'shimchatashkiliy-huquqiy choralar to'g'risida”gi PF-33-sonli Farmon mamlakatda insonparvarliktamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmatqiluvchi muhim hujjat hisoblanadi.
Mazkur farmonning asosiy maqsadi jamiyatdaayollar va bolalarga nisbatan har qanday tazyiq vazo'ravonlik holatlarining oldini olish, ularninghuquqiy, ijtimoiy va psixologik himoyasinikuchaytirishdan iboratdir.
Ushbu farmonda qator muhim vazifalarbelgilangan. Jumladan:
ayollar va bolalarga nisbatan zo'ravonlikholatlarini erta aniqlash va bartaraf etishmexanizmlarini takomillashtirish;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla vaboshqa tashkilotlar o'rtasida hamkorliknikuchaytirish;
jabrlanuvchilarga huquqiy, psixologik vaijtimoiy yordam ko'rsatish tizimini kengaytirish;
jamiyatda gender tenglikni ta'minlash vaoilada sog'lom muhitni shakllantirishgaqaratilgan targ'ibot ishlarini kuchaytirishdan iboratdir.
SHuningdek, farmonda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, oilalar bilan manzilliishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar vabolalarni qo'llab-quvvatlash mexanizmlariniyanada takomillashtirish masalalariga alohidae'tibor qaratilgan.
Mazkur farmonning qabul qilinishimamlakatda inson huquqlarini ta'minlashborasida olib borilayotgan islohotlarningmantiqiy davomi hisoblanib, bir nechtajihatlarda namoyon bo'ladi:
Birinchidan, ayollar va bolalarning huquqiyhimoyasi yanada mustahkamlanadi. Bu esa ularningjamiyatdagi o'rni va mavqeini oshirishga xizmatqiladi.
Ikkinchidan, zo'ravonlikka qarshi kurashishningsamarali mexanizmlari joriy etilishi orqalijamiyatda adolat va qonuniylik tamoyillarimustahkamlanadi.
Uchinchidan, profilaktika ishlariningkuchaytirilishi natijasida oilaviy muammolarnibarvaqt hal qilish va salbiy holatlarning oldiniolish imkoniyati kengayadi.
To'rtinchidan, davlat organlari, mahallainstituti va jamoatchilik o'rtasidagi hamkorlikkuchayib, ayollar va bolalarni himoya qilish bo'yichayagona tizim shakllanadi.
Xulosa qilib aytganda, 2026 yil 3 martda qabulqilingan PF-33-sonli farmon mamlakatda ayollarva bolalar huquqlarini himoya qilishning yangibosqichini boshlab berdi. Ushbu hujjat nafaqathuquqiy mexanizmlarni takomillashtirish, balki jamiyatda inson qadrini ulug'lash, oilamuqaddasligini saqlash va barqaror ijtimoiymuhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Qobiljon Mutaliev, jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona shahar sudining sudyasi

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.