Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Farg'ona viloyati Yozyovon tumanida qishloq xo'jaligini modernizasiya qilish va ilg'or texnologiyalarni joriy etish ishlari press-tur davomida OAV va blogerlarga keng tanishtirildi.

YoZYoVONDA 80 FOIZ PAXTA MAShINADA TERIB OLINADI

paxtachilikdagi ilg'or tajribalar jurnalistlar nigohida

OAV vakillari Yozyovon tajribasi bilan tanishdi
Tumanimizda qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, paxtachilikda joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar va ilg'or tajribalar bilan tanishish maqsadida respublika, viloyat hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida press-tur hamda matbuot anjumani o'tkazildi.

Yozyovondan jurnalistlar nigohida
So'nggi yillarda paxtachilikda ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar qo'llanilishi natijasida sohada “Yozyovon” tajribasi butun respublikaga yoyildi. Buning natijasida hosildorlik ko'rsatkichlari sezilarli darajada oshib, fermerlarning samarali tajribalari boshqa hududlarda ham ommalashmoqda.

Paxta terimi qizg'in pallada
Ayniqsa, keyingi ikki yilda 76 sxema bo'yicha fermer xo'jaliklarida Xitoy texnologiyalari asosida paxta terim mashinalariga moslashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu esa qo'l mehnatiga bo'lgan ehtiyojni kamaytirish, terim jarayonini qisqa muddatda yakunlash va ortiqcha xarajatlarni tejash imkonini bermoqda.

Paxtachilikda yangi marralar
Press-tur ishtirokchilari dastlab “Mezon” fermer xo'jaligida bo'lib, mashinada paxta terimi jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Xo'jalik rahbari Vohidjon Obidov mehmonlarga paxta etishtirishda qo'llanilayotgan agrotexnologiyalar, terim mashinasining imkoniyatlari va uning iqtisodiy samaradorligi haqida ma'lumot berdi.

Bu yil mavjud 115 gektar maydonning barchasiga paxta ekdik, – dedi fermer. – 639 tonna paxta xom ashyosi etkazib berish bo'yicha shartnoma rejamiz bor. Terim mashinamiz bir kunda 100 tonnadan ortiq paxtani terib-yig'ib olmoqda. Qo'l terimchilarga ehtiyoj yo'q. Yaqin kunlarda terimni to'liq yakunlashni rejalashtirganmiz. Bu biz uchun ham tezkor, ham iqtisodiy jihatdan samarali.

Press-tur ishtirokchilarining keyingi manzili tumanda paxtachilik sohasida ilg'or tajribasi bilan tanilgan “Far Zulfiqor” fermer xo'jaligi bo'ldi.

Mazkur xo'jalikda 172 gektar maydonda paxta parvarishlanib, davlatga 960 tonna paxta xom ashyosi etkazib berish bo'yicha shartnoma tuzilgan. Xo'jalikda urug'lik paxta etishtirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.
Jurnalistlar fermer xo'jaligida paxta etishtirish, terimni tashkil etish, hosilni saqlash va urug'chilik yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Xo'jalik rahbari o'zining ko'p yillik tajribasi bilan o'rtoqlashib, zamonaviy texnologiyalarni qo'llashning afzalliklari haqida gapirdi. Shuningdek, terilgan paxtani saqlash uchun xo'jalikning o'zida maxsus joy hozirlangani ko'rsatildi.

Shundan so'ng press-tur ishtirokchilari tuman hokimligi Axborot xizmatida tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdilar.
Unda tuman hokimining birinchi o'rinbosari Akramjon Eraliev, qishloq xo'jaligi bo'limi boshlig'i o'rinbosari Javlonbek Xolmurodjonov ishtirok etib, tumanda paxtachilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar va ilg'or tajribalar haqida ma'lumot berdilar.
Tadbirni tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari Azimjon Xudoyqulov olib bordi.
Ta'kidlanganidek, bu yil tumanda paxta terimi jarayonlariga 15 ta zamonaviy terim mashinasi jalb etilgan. Bu esa paxta yig'im-terimini qisqa muddatlarda va sifatli tashkil etishga xizmat qilmoqda.
Matbuot anjumanida “Xalq so'zi”, “Yangi O'zbekiston”, “Yangi Farg'ona”, gazetalari va O'zAning muxbirlari Botir Omon, Rasuljon Kamolov, Hayotbek Boyboboev, Muqumjon Qodirov, “Markaziy Farg'ona” gazetasi jurnalistlari, viloyat televideniesi ijodkorlari hamda mahalliy blogerlar ishtirok etdilar.
Jurnalist va blogerlar tumandagi qishloq xo'jaligi, paxtachilikda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, terim jarayonini mexanizasiyalashtirish hamda fermerlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga oid o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.
Press-tur davomida jurnalistlar Yozyovonda paxtachilikda shakllanayotgan yangi tajriba, zamonaviy texnologiyalar va mexanizasiyaning amaliy natijalari bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo'ldilar.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.