Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Farg'ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Sherzodbek Polvonov hamda Farg'ona viloyati hokimligining axborot xizmati rahbari Masudbek Sulaymonov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida viloyatda 2025 va 2026 yillarda maktab va akademik liseylarni bitirgan 55 ming nafar yoshlarning bandligi ta'minlandi.

Shahar va tumanlarda tashkil etilgan Yoshlar shtablari orqali yosh tadbirkorlarga bevosita amaliy va moliyaviy ko'mak ko'rsatilmoqda. Xususan, Milliy bank tomonidan yoshlarning biznes tashabbuslari uchun imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Umuman olganda, viloyatda yoshlar masalalari va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash uchun 20 milliard so'm mablag' yo'naltirilgan.

DXX, IIB, Prokuratura va Hokimlik hamkorligida muhim ijtimoiy tashabbus yo'lga qo'yildi. Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kira olmagan, lekin bilim olish ishtiyoqida bo'lgan yoshlar aniqlanib, ularga navbatdagi imtihonlarga bepul va sifatli tayyorgarlik ko'rish uchun zarur o'quv bazalari va sharoitlar yaratib berilmoqda.
Viloyatda kuchaytirilgan profilaktika va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar natijasida yoshlar o'rtasidagi jinoyatchilik ko'rsatkichi 28 foizga kamayishiga erishildi.
Yo'ldan adashgan va alohida nazoratda turgan yoshlar Mudofaa boshqarmasi, Milliy gvardiya, Prokuratura va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas'ul xodimlariga otaliqqa berilgan. Ular bilan nomma-nom ishlanib, jamiyatga foydali insonlar bo'lib etishishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilmoqda.
Yoshlar mamlakatimiz kelajagi va bunyodkor kuchidir. Farg'ona viloyatida har bir yoshning muammosi, orzu-intilishi va tashabbusi e'tiborimizda bo'ladi," deb ta'kidladi Sherzod Polvonov.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.