Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Qo'qon davlat universiteti rahbariyati va professor-o'qituvchilari sha'niga qaratilgan asossiz axborot “hurujlari” jamoatchilikda noto'g'ri fikr uyg'otishga qaratilgani jiddiy e'tirozlarga sabab bo'lmoqda.

Jinoyat ishlari bo'yicha Qo'qon shahar sudining 2026 yil 7 avgustdagi hukmiga ko'ra, fuqaro Z.X tomonidan Internet tarmog'ining “Fbk” ijtimoiy tarmog'idagi “7 KUN” guruhida Qo'qon davlat universiteti sha'niga dog' tushiruvchi xabarlar tarqatilgani xolisona va atroflicha ko'rib chiqilgan.
Qo'qon davlat universiteti Rahbariyat murojaati
Sud jarayonida to'plangan ob'ektiv dalillar, jabrlanuvchilar (universitet rektori D.Xodjaeva, o'qituvchilar A.Rashidov va Sh.Raxmonova) hamda ko'plab guvohlarning ko'rsatuvlari asosida quyidagilar to'liq o'z isbotini topganligini sud xukmida ko'rish mumkin.

Quqon Davlat Universiteti”Yuriskonsulti” Xazratkulov Xayrullo
Universitetning Gumanitar fanlar va tillar fakulteti Rus tili va adabiyoti yo'nalishi talabalariga o'qituvchilar A.Rashidov va Sh.Raxmonova tomonidan barcha ma'ruza va seminar darslari o'z vaqtida, dastur asosida to'liq o'tib berilgan. Bu jarayonlar “EIS” axborot tizimi va kuzatuv kameralari orqali qat'iy nazorat qilinganligi bo'yicha universitet prorektori bergan izoxi xamda to'plangan xujjatlar bilan ko'rish mumkin.

Quqon Davlat Universiteti xalkaro hamkorlik aloqalari bo'yicha “Prorektori" Nigora Abdurashidovna
Yakuniy nazorat imtihonlari xolis komissiya a'zolari ishtirokida, talabalarning shaxsi yashirilgan maxsus raqamlangan daftarlar orqali tekshirilgan. Imtihondan o'ta olmagan talabalar o'z ustida mustaqil ishlamagani va etarli ball to'play olmagani sababli yiqilgan.

Rashidov Aziz Kamolovich Quqon davlat universiteti Rustili adabiyoti kafedrasi dosenti.
Talabalarning imtihondan o'ta olmagani uchun pul to'lashga yoki kontraktga majbur qilingani haqidagi iddaolar mutlaqo asossiz va haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
Jinoyat ishlari bo'yicha Qo'qon shahar sudining hukmi bilan Z.X O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-6-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 1 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan hamda jazoni ijro etish Qo'qon shahar IIB Probasiya bo'limi zimmasiga yuklatilgan bo'lib xozirda universitet raxbariyati tomonidan aytishlariga qaraganda.
Sud tomonidan qat'iy hukm chiqarilgan bo'lishiga qaramay, universitetga va uning rahbariyatiga nisbatan yolg'on axborot tarqatish harakatlari to'xtamayotganligi alohida xavotir uyg'otmoqda.
Shu sababli, Farg'ona viloyati IIB Jazoni ijro etish boshqarmasi Probasiya xizmati tomonidan mazkur holatga qaytadan huquqiy baho berilishi hamda tayinlangan ozodlikni cheklash jazosining ijrosi qay darajada va qaysi tartibda olib borilayotganligi, mahkum tomonidan cheklov talablariga rioya etilayotganligi qat'iy nazoratga olinishi so'raladi.
Jazoni o'tash davrida mahkum tomonidan qaytadan shu kabi qonunbuzilish holatlariga yo'l qo'yilishi yoki ozodlikni cheklash tartib-qoidalarining buzilishi qonunchilikda belgilangan tartibda og'irroq jazo choralari qo'llanilishiga asos bo'ladi.

Quqon davlat universiteti Rustili adabiyoti kafedrasi “stajyori” Shaxzoda Shavkatovna
Oliy ta'lim muassasasi va unda mehnat qilayotgan pedagoglarning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitishga, ayrim qo'shtirnoq ostidagi jamoatchilik vakillari tomonidan soxta va to'qima xabarlar bilan chalg'itishga bo'lgan har qanday urinishlar qonun oldida javobgarlikka sabab bo'lishi mumkinligini eslatib o'tamiz.
Muallif
ModeratorIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.