Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Yangi yo'l tajribasi” Farg'ona tumanida Elektr va gaz tarmoqlari tubdan yangilanmoqdami?

Farg'ona tumanida aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan barqaror ta'minlash, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini modernizasiya qilish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish ishlari bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Farg'ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan o'tkazilgan tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etib, hududda energetika infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Press-tur davomida «Farg'ona hududiy elektr tarmoqlari» AJ direktori Azizbek Saydaliev

hamda «Hududgaz Farg'ona» gaz ta'minoti filiali direktori Shavkatjon Abdumajidov sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud vazifalar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan ma'lumot berdilar.

Qayd etilganidek, energiya resurslari ta'minotini yaxshilash, mavjud muammolarni joyida o'rganish va ularning echimini ta'minlashda «tumanbay» va «mahallabay» ishlash tizimiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Xususan, Farg'ona tumanida «Yangiyo'l tajribasi» asosida elektr tarmoqlarini yangilash, past kuchlanishli elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish hamda gaz taqsimlash punktlarini texnik ko'rikdan o'tkazish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minoti barqarorligini oshirish, mavsumiy yuklamalar davrida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarning oldini olish hamda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob'ektlarini energiya resurslari bilan ishonchli ta'minlashdan iborat.

Press-tur doirasida jurnalist va blogerlar sohadagi ishlar, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda aholini energiya resurslari bilan ta'minlash masalalari yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutasaddilaridan javob oldilar.

Muloqot jarayonida jurnalistlar bilan ochiq hamkorlikni rivojlantirish, jamoatchilikni sohadagi o'zgarishlar va mavjud muammolar haqida o'z vaqtida xabardor qilish, aholi murojaatlariga e'tiborni kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Bunday tadbirlar soha faoliyatining ochiqligini ta'minlash, jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo'lga qo'yish va aholini qiziqtirgan masalalarga oydinlik kiritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ferganamedia tahririyati jamoatchilikni xolis, tezkor va ishonchli axborot bilan ta'minlash, jurnalist va blogerlarning sohalar faoliyati bilan bevosita tanishishi uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan tashabbuslarni qo'llab-quvvatlaydi. Qolaversa Press-turni tashkil etish va ochiq muloqot uchun sharoit yaratilgani munosabati bilan Farg'ona viloyati hokimligiga minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.