Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Zamonaviy paxta terish mashinalari va ilg‘or fermerlar tajribasi tufayli paxta topshirish rejasi muvaffaqiyatli uddalandi.

Paxtachilik sohasida o‘ziga xos maktab yaratib, zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgani uchun tumanda yuqori hosidorlikka erishilib, bu boradagi shartnoma rejasi bajarildi. Tajribali fermerlarning ko‘p yillik tajribasi o‘z natijasini ko‘rsatdi.

Joriy yilda 151 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 4 850 gektar maydonga chigit ekilib, 25 ming 150 tonnadan oshiq paxta qabul qilish punktlariga topshirildi. Yetishtirilgan hosilning 70 foizidan oshig‘i terim mashinalarida yig‘ib olindi. Paxta yig‘im-terimiga 20 ta zamonaviy paxta terish mashinasi jalb etildi.

Terim jarayonlarining uyushqoqlik bilan tashkil etilgani hosilni qisqa muddatlarda yig‘ib olinib, xirmonlarga baraka kiritdi. 1-, 3-, 6-, 10-, 13-terim otryadlariga biriktirilgan mashinalarning har biri bilan 1000 tonnadan oshirib paxta terib olindi.
"Liberal invest", "Mezon", "Agro Gigant", "Usta Yo‘ldosh", "Far. Zulfiqor", "Gullolaposhsho Dilmurodovna", "Dehqonboy ota" kabi fermer xo‘jaliklarida hosildorlik 55-75 sentnerni tashkil etdi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.