Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
O'tgan 2025 yili 12 iyun kuni Obod mfy raisi lavozimiga bo'lib o'tgan saylovdan odamlar bexabar qoldi.

2077 nafar aholisi bilan Obod mfyga qo'shib yuborilib tugatilgan Qorayantoq MFY ni aholisidan hech kim taklif qilinmadi.
Saylovga kelib ovoz berishi lozim bo'lgan ro'yxatdagi 207 vakillarning 49 nafari qatnashib 37 ta ovoz bilan eski rais 5 yil muddatga saylandi.
“Vakillarning kamida yarmidan ko'prog'i qatnashmasa saylov o'tmagan deb xisoblanadi, saylovni to'xtatinglar”, deb bildirilgan e'tirozlarga “Xamma maxallalarda 50-60 kishi ishtirokida saylov o'tayapti ekan, maxalla bo'limidagilar aytdi”, dedi ishchi guruxi raisi.
“Fuqarolar yig'ini raisi saylovi to'g'risida”gi Qonunning 25 moddasi buzilgani xaqida o'sha kuniyoq tuman prokraturasiga berilgan axoli vakillarini shikoyatiga prokuror O.Toshpo'latov imzosi bilan “Saylovni bekor qilishga asos mavjud emas”, deb javob berildi.
Farg'ona tumanlararo ma'muriy Sudiga “Saylov natijalarini xaqiqiy emas deb topish va xokim X.Inomovning axoli ko'rsatgan ikkita munosib nomzodni rad etish xaqidagi asoslantirilmagan, muxr bilan tasdiqlanmagan ruyxatga olinmagan xulosasini bekor qilish xaqidagi shikoyatlar o'tgan yil 12 iyun kuni xokimiyat binosida sud'ya N.Kambarov tomonidan ko'rilib chiqildi.
Oldindan kelishib olingandek prokurorning aytgani bo'ldi. Shikoyatni Xokimning nomzodlarni rad etish bilan bog'liq xarakatini qonunga xilof deb topish xaqidagi talab rad etildi.Xulosani va saylov natijalarini xaqiqiy emas deb topish xaqidagi qismi sudga ta'luqli emas deb topilib tugatildi.
Sudning bu xujjatlari ustidan berilgan appelyasiya shikoyati viloyat ma'muriy sudi raisi Sh.Mirzaxakimov raisligida ko'rib chiqildi.
Qarang-ki, u sud'ya Kambarovdan xam “bilimdon” ekan. Axoli tomonidan ko'rsatilgan ikkita nomzodga xokimning asoslantirmagani, muxrsiz va ruyxatga olinmagan xulosasi tavsiyaviy axamiyatga ega bo'lib ma'muriy xujjat xisoblanmaydi. Nomzodlarni saylash, saylanish xuquqini buzmaydi, saylov natijalarini xaqiqiy emas deb topish xaqiqatdan xam sudga tegishli emas, deb N.Kambarov qarorini o'z kuchida qoldirib, shikoyatlarni rad etdi.
Bu sud qarorlari ustidan Oliy Sudning Ma'muriy ishlari bo'yicha sudlov xay'atiga quyi sudlar qarorlarini bekor qilish xaqidagi yuborilgan shikoyatlar ko'rib chiqilib qanoatlantirildi.
Sudlov xay'ati o'z qarorlarida quyi sudlarning xulosalari mutlaqo asossiz ekani, Xokimning nomzodlarga bergan xulosasi asoslantirilmagan, muxr bilan tasdiqlanmagan, ruyxatga olinmagan bo'lsa-da, u nomzodlarni saylash, saylanish xuquqini cheklashga qaratilgan Ma'muriy xujjat ekani, bu xujjat “Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida”gi Qonunning 52,54 moddalari muvofiq emasligini tushuntirib,ishlarni yangitdan ko'rish uchun Farg'ona tumanlararo ma'muriy sudiga yubordi. Ish yana rais N.Kambarov qo'liga kelib tushdi.
U ilgari bu ishni ko'rgani uchun o'zini o'zi rad etib qayta ko'rmasligi lozim edi. Yo'q, ko'raman, dedi. Uni rad etish xaqida berilgan arizalarni “Men sudni raisiman, rad etish arizasini xam o'zim ko'rishga xaqqim bor”, deb rad etish xaqidagi arizalarni rad etib, ishni yana o'zi ko'rdi.
Oliy sud xay'ati qarorlarida ko'rsatilgan tushuntirishlarni N.Kambarov bir tiyinga olmadi. Ular kim bo'pqopti, bu erda bu ishni men xal qilaman, dedi. Va avvalgisi kabi shikoyat talablarini qanoatlantirmaslik xaqida xal qiluv qarori chiqardi.
Bu orada Oliy Sud raxbari o'zgarib, sud tiziida sog'lom muxit yaratildi, sud'yalarda ma'suliyat kuchaydi. Farg'ona appelyasiya sudi N.Kambarov qarorini mutlaqo asossiz deb topib bekor qilib, shikoyatni qanoatlantirish xaqida qaror chiqardi.
Saylov natijalarini xaqiqiy emas deb topish xaqidagi shikoyat xam 3 sentyabr kuni shu sudda sud'ya I.Matmusaev raisligida ko'rib chiqilib qanoatlantirildi.
Va eng muximi, appelyasiya va birinchi instansiya sudi xam yo'l quyilgan qonunbuzilishi xolatlarini bartaraf etish va maxalla tizimida qonun ustuvorligini ta'minlash xaqida tuman xokimiyatiga Xususiy Ajrim yubordi.
Agar tuman prokurori 2025 yil iyun, iyul oyini o'zida shikoyatlarimiz yuzasidan yo'l quyilgan qonunbuzilish xolatlari bartaraf etish bo'yicha vakolati doirasida tezkor chora qo'llaganda, N.Kambarov Sud'yalar odob kodeksida ko'rsatilgan “Sud'yaning xolisligi va beg'arazligi odil sudlovni tegishli tarzda amalga oshirishning majburiy sharti ekanini tushunib, unga amal qilganida oddiy bir maxallada yuz bergan va to'la isbotini topib turgan qonunbuzarlikni bartaraf etish bir yilu 3 oy muddatga cho'zilmas edi.
Fuqarolar xatto O'zbekiston maxallalar uyushmasi raisi K.Koraboevga xam MFYda ruy bergan qonunsiz xatti-xarakatlar xaqida bergan shikoyatlari javobsiz qolib ketgan.
Saylov natijalarini xaqiqiy emas deb topish to'g'risida sud qarorlari chiqarilib va yo'l quyilgan qonunbuzilish xolatlarini bartaraf etish xaqida sudning xususiy Ajrimlari xam xokimiyatga yuborilganiga bir oy bo'lyapti-ki, ularni ijrosi ta'minlanmagan .
15 sentyabr kuni “Farg'ona telekanalida viloyat maxalla boshqarmasi raisi A.Ziyobiddinov o'tkazgan ochiq muloqotda fuqarolardan Nima uchun sud qarorlari chiqarilgan bo'lsada Obod mfy faoliyati qonun o'zaniga solinmayapti, deb berilgan savolga “Yaqin kunlarda maxallaga borib tugatilib Obod mfyga qo'shilib ketgan sobiq Qorayantoq mfy axolisini xam to'plab muammoni xal qilamiz” degan javob aytildi.
Lekin, shu kungacha Obod mfyda yo'l quyilgan qonunbuzarlik bartaraf etilmaganim oqibatida ajralishlar, turli xuquqbuzarliklar ko'paydi. Mulozimlarning xalqdan uzilib qolgani sabab maxallada muammolar ko'payib ketdi.
O'zbekiston -2030 strategiyasida xar bir insonga o'z saloxiyatini ruyobga chiqarish uchun munosib sharoitlarni yaratish, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash bosh vazifalaridan biri ekani qayd etilgan. Shu xolat e'tiborga olinsa savol tug'iladi.
Qonunan saylanmagan shaxsni saylangan xisoblab maxalla bo'limi tomonidan lavozimga tayinlanishi qonunga muvofiqmi?
Bu tayinlovning orqasidan kimga qanday manfaat bor?
Nima uchun sman prokurori sodir etilgan bu qonunbuzarlik xolatiga o'z vaqtida keskin xuquqiy baxo bermagan?
Maxalla kelajagi, ravnaqi uchun jon kuydirgan arizachilarni bir yil davomida ovorayu-sarson qilib qiynagan sud'ya N.Kambarov javobgarlikka tortiladimi?
Maxalla tizimi boshqaruvida tartib-intizomni ta'minlashga majbur bo'lgan Obod mfyda ruy bergan qonunbuzarlikni zudlik bilan bartaraf etish o'rniga bir yil davomida kuzatib tomoshabin bo'lib kelgan viloyat maxallalar uyushmasi raisi xam javobgarlikka tortilishi mumkinmi?
Ushbu savollarimizga yangi tayinlangan O'zbekiston maxallalar uyushmasi raisi va viloyat prokuroridan javob kutib qolamiz.

Muallif
Otabek XoliqovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.