Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Farg'ona viloyatida bo'lib o'tayotgan Media haftalik doirasida bugungi kunning eng ommabop sohalari SMM va Mobilografiya yo'nalishlariga bag'ishlangan mashg'ulotlar tashkil etildi.

SMM va Mobilografiya – bugunning loyihasi
Media axborotni qabul qiluvchi insonlar uchun sifatli kontentlar juda ham muhim, deydi “Anhor.uz” internet sayti bosh muharrir o'rinbosari Bobur Karimov. Media tiliga SMM, Mobilografiya kabi terminlar kirib keldi.

Bu yo'nalishlarga yoshlarda qiziqish juda katta. Sababi har ikki yo'nalish yoshlar uchun daromad manbaihamdir.
Farg'onada o'tayotgan Media haftalik zamonga qarab yoshlar ongi va imkoniyatlari qanchalar o'zgargani yaqqol ko'rsatdi. Bugun ular bilan SMM va Mobilografiya yo'nalishida mashg'ulotlar o'tkazilmoqda.

Xo'sh, SMM va Mobilografiyaga nega qiziqish katta?
SMM mutaxassisi Instagram, Telegram, Facebook, TikTok kabi tarmoqlarda sahifa yuritadi, reklama va postlar tayyorlaydi, auditoriyani ko'paytirishga harakat qiladi, brend, tashkilot yoki shaxsni internetda tanitadi, kontent reja tuzadi.

Mobilografiya esa smartfon orqali foto va video olish, montaj qilish san'atidir. Mobilograf telefonda suratga olgan foto va videotasvirni o'zi montaj qiladi, yorug'lik, kadr va ovoz bilan ishlaydi. Shu jihatlari bilan u blogerosferadan farqlanadi.
O'zA lavxasi
Nima sababdan? Yoshlar sohani sun'iy intellekt vositalari va ilg'or texnologiyalar asosida o'rganishmoqda. Amaliyotda esa tayyorlagan reklama mahsulotlarini keng jamoatchilik uchun qiziqarli hamda ishonchli qilib ko'rsatishyapti, deydi Bobur Karimov.

Hozir OAV xodimlari va blogerlar professional kamerasiz ham telefon orqali kontent tayyorlamoqda. Chunki bugungi kunda xalqaro tashkilotlar, biznes yuritmoqchi bo'lgan kompaniyalar O'zbekistonga ko'plab kirib kelishyapti. Mahalliy tadbirkorlar esa, o'z mahsuotlarini reklama qilishlari uchun ommaviy axborot vositalari qatori blogosfera va bloging orqali ham targ'ib qilishmoqda va bu jarayonga mobilograf va SMM chilarni jalb qilishgan.

Farg'onada nafaqat SMM yoki Mobilografiya sohasi, balki ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda qanday formatlar bo'lsa shu yo'nalishlarda faoliyat yuritayotgan yoshlar juda ko'pligini media haftalik yaqqol ko'rsatdi.

Bugun Media haftalikning SMM va Mobilografiya yo'nalishi faol ishtirokchilariga tegishli sertifikatlar berildi.
Muallif: Muhammadjon Obidov
Tasvirchi: Elyor Olimov

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.