Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
O'zbekistonda xotin-qizlar va voyaga etmaganlar manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. Prezidentning 2026 yil 3 martdagi PF–33-sonli Farmoni bu borada inqilobiy o'zgarishlarni boshlab berdi. Erta nikohning oldini olish, yosh oilalarni moddiy rag'batlantirish va zo'ravonlikka qarshi 'SOS' tizimini joriy etish kabi muhim yangiliklar jamiyatda sog'lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada yangi qonunchilik yaratayotgan imkoniyatlar va belgilangan qat'iy choralar haqida batafsil so'z yuritamiz."

So'nggi yillarda mamlakatimizda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish, shuningdek erta nikoh kabi muammolarni bartaraf etish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat tomonidan qator qonun hujjatlari qabul qilinmoqda va amaldagi tizim takomillashtirilmoqda. Ana shunday muhim hujjatlardan biri O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2026 yil 3 martda qabul qilingan PF–33-sonli “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to'g'risida”gi Farmoni hisoblanadi.
Mazkur farmonning asosiy yo'nalishlaridan biri nikoh yoshiga etmagan shaxslar bilan nikoh munosabatlariga kirishish holatlarining oldini olishdan iborat. Ma'lumki, erta nikoh ko'p hollarda yoshlarning ta'lim olishiga, sog'lig'iga va kelajakdagi ijtimoiy hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. SHu sababli davlat tomonidan bu kabi holatlarning oldini olish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.
Farmonga muvofiq nikoh yoshini kamaytirishning aniq asoslarini belgilash bo'yicha taklif ma'qullangan. Bu esa amaliyotda nikoh yoshini asossiz ravishda kamaytirish holatlarining cheklanishiga xizmat qiladi. SHu bilan birga, yoshlarning mustaqil hayotga tayyor holda oila qurishini rag'batlantirish ham ushbu hujjatning muhim vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
Farmonga ko'ra, 2027 yildan boshlab har ikki tomon kamida 21 yoshga to'lgan holda birinchi marta nikoh tuzgan yosh oilalar davlat tomonidan qo'shimcha qo'llab-quvvatlanadi. Bunday oilalar ijtimoiy reestrga kiritilganda ularga beriladigan subsidiya, ssuda va grant kabi moliyaviy yordamlar belgilangan miqdorga nisbatan 1,5 baravar ko'proq miqdorda ajratiladi. SHuningdek, nikoh shartnomasi tuzgan shaxslar nikohni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun to'lanadigan davlat bojidan ozod qilinadi.
Farmonda erta nikoh bilan bog'liq holatlarga qarshi huquqiy javobgarlikni kuchaytirish masalasi ham nazarda tutilgan. Xususan, voyaga etmagan shaxslar bilan nikoh tuzishga da'vat qilish yoki bunday holatlarni targ'ib qilish uchun ma'muriy javobgarlik joriy etilishi belgilangan. Bu esa jamiyatda erta nikohni qo'llab-quvvatlash yoki targ'ib qilish kabi holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
SHu bilan birga, ushbu farmonda ta'lim sohasiga oid muhim ijtimoiy choralar ham ko'zda tutilgan. Jumladan, 2026–2027 o'quv yilidan boshlab homilador talaba qizlar yoki uch yoshgacha farzand tarbiyasi bilan shug'ullanayotgan talabalar uchun oliy ta'limni davom ettirish imkoniyati yaratiladi. Agar bunday talabalar kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan chiqarilgan bo'lsa, ularga istisno tariqasida o'qishni davom ettirish imkoniyati beriladi. Buning uchun fanlar farqini qayta o'zlashtirish sharti qo'yiladi va ularga mustaqil tayyorlanish uchun qo'shimcha vaqt beriladi.
Farmonda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish ham nazarda tutilgan. Xususan, 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab nikoh yoshiga oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun undirilgan jarimaning 15 foizi bunday huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni rag'batlantirish uchun yo'naltiriladi. Bu esa jamiyat a'zolarini erta nikoh holatlari haqida tegishli idoralarga xabar berishga undaydi.
SHuningdek, erta nikoh yoki 16 yoshgacha bo'lgan homiladorlik holatlari haqida ichki ishlar organlari va “Inson” markazlariga xabar berish majburiyati belgilangan. Bu vazifa fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, FHDYo organlari, ta'lim muassasalari, sog'liqni saqlash muassasalari hamda diniy tashkilotlar vakillari zimmasiga yuklatilgan.
Farmonda ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish bo'yicha ham yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. 2026 yil 1 apreldan boshlab himoya orderi berilgan xotin-qizlarning mobil telefonlariga “my.ihma.uz” mobil ilovasi o'rnatiladi. Ushbu ilova orqali jabrlanuvchilar zo'ravonlik holati yuz berganda maxsus “SOS” signali orqali tegishli idoralarga zudlik bilan xabar berish imkoniga ega bo'ladilar.
SHu bilan birga, Jinoyat kodeksining 118 va 119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni voyaga etmaganlarga nisbatan sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo choralari ham kuchaytirilmoqda. Bunday shaxslar manzil-koloniyalarga o'tkazilmaydigan mahkumlar toifasiga kiritiladi. SHuningdek, ularga nisbatan saqlash sharoitlarini engillashtirish masalasi psixologik tuzatish dasturidan o'tmaguncha ko'rib chiqilmaydi.
Yana bir muhim yangilik sifatida 2027 yil 1 yanvardan boshlab ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik bilan bog'liq jinoyat ishlarini, odatda, maxsus tayyorgarlikdan o'tgan tergovchilar va sudyalar ko'rib chiqishi belgilangan. Bu esa bunday toifadagi ishlar bo'yicha adolatli va sifatli tergov hamda sudlovni ta'minlashga xizmat qiladi. SHu maqsadda 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab huquqni muhofaza qilish va sud tizimi xodimlari uchun maxsus o'quv dasturlari tashkil etiladi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur Prezident Farmoni ayollar va bolalar huquqlarini yanada samarali himoya qilish, erta nikohning oldini olish, yosh oilalarni qo'llab-quvvatlash va jamiyatda zo'ravonlik holatlarini kamaytirishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Ushbu chora-tadbirlar orqali jamiyatda sog'lom oila muhitini shakllantirish va yoshlarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilinadi.
Kamoliddin Raximov, jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona shahar sudining tergov sudyasi

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.