Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Tavallud ayyominggiz muborak bo'lsin! Samarqand viloyati Paxtachi Tumanida 40 yildan ko'proq vaqt mehnat faoliyati davomida ko'plab shogirdlar chiqargan, ko'pchilikning duosini olgan, yurtimizdagi eng yoshi ulug' vetvrach, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan qishloq xo'jaligi xodimi, 1-darajali mehnat faxriysi Ramazon ota Boboev 93 yoshga to'ldilar.

Ramazon boboga tumandoshlari nomidan uzoq umr, baxtu-saodat, sog'lik-salomatlik tilab qolishmoqda.

Bugun bizning faxrimiz, toju-taxtimiz, duogo'y otamiz, 11-farzandning padari buzurgvori muborak 93 yoshni qarshi oldilar.

Otam 1975,1976,1977,1978 yillardagi Mehnat g'olibi, 9,10-besh yilliklar g'olibi ko'krak nishonlari, 1990-yildagi "Ko'p yillik xizmatlari uchun" medali, 1993-yildagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan qishloq xo'jaligi xodimi" faxriy unvoni hamda 2024-yili Davlat mustaqilligi munosabati bilan "1-darajali mehnat faxriysi" ko'krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Hozirgi kunda, faol qishloqning oqsoqoli, Ukrach mahalla fuqarolar yig'inida, farzandlari ardog'ida, keksalik gashtini so'rib kelmoqda.
Barcha yaqinlari, jigarlari, farzandlari,, nabiralari, chevaralari hamda barcha Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari faxriylari kengashlari nomidan padari bo'zrukvorimizni bugungi sana munosabati bilan muborakbod etamiz!
Nuriddin Boboev (kenja ӯg'li)
Qurolli Kuchlar faxriylari ligasi tashkiliy qӯmitasi raisi, Respublika "VETERAN" Jangchi-faxriylari Birlashmasi Raisi yordamchisi

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.