Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Katta lavozimlarga navbat tiziladigan yurtda, shahar Bandlik bo'limi kreslosi xuddi “muqaddas joy”dek 6 oydan beri kimgadir asrab qo'yilmoqdami?Yurist Jahongir Mirzaev aytishicha, bu sukut mahalliy kadrlar siyosatining asl yuzlarini ko'rsatmoqdami? Kambag'allikni qisqartiradigan vazirlikning o'zi bitta bo'sh o'rinni “band qilolmay” ovvora, ARGOS esa xuddi nomzodlar Marsdan uchib kelishini kutayotgandek skutdami?

Kambag'allikni qisqartirish bo'limidagi 6 oylik “sirli sukut” yoxud ARGOS tanlovlari kimlar uchun to'xtab qoldi?

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
Mamlakatda kambag'allikni qisqartirish, aholini ish bilan ta'minlash eng oliy davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan bir vaqtda, hududlardagi ijro organi bo'lmish Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limlarining o'zi “o'zini o'zi band qila olmay” tushkunlikka tushub qolmoqdami? Buning eng yaqqol misoli mana olti oydirki, shahar bandlik bo'limi boshlig'i lavozimi vazifasini vaqtincha bajaruvchilar qo'lida sarson, asosiy kreslo esa bo'sh turibdi.
Taniqli yurist Jahongir Mirzaev bong urayotgan bu masala oddiygina kadrlar etishmovchiligi emas, balki tizimdagi chuqur ildiz otgan byurokratiya yoki “maxfiy kelishuvlar” dan darak beradi. Xo'sh, olti oydan beri ARGOS tizimi orqali ochiq tanlov asosida nega rahbar tayinlanmayapti?
Salohiyatli kadr yo'qmi yoki “o'yin” ketyaptimi? Rasmiylar balki “loyiq nomzod topilmayapti, ARGOSdan o'ta olishmayapti”, deb bahona qilishlari mumkin. Ammo bu bahonaga bugun kim ishonadi? Yurtimizda oliy ma'lumotli, chet tillarini biladigan, zamonaviy fikrlaydigan yoshlar va tajribali mutaxassislar shunchalik taqchilmi? Albatta yo'q!
Eng ko'p qo'llaniladigan eskicha uslub lavozimga muayyan bir shaxs mo'ljallangan. Ammo u shaxsning ayni paytda ARGOS talablariga (staj, diplom yoki boshqa mezonlar) to'g'ri kelishi uchun vaqt kerak. Yoki u boshqa bir ishning “uchi chiqishini” kutmoqda. Shahar xalqining bandligi, qanchadan-qancha ishsizlar taqdiri esa birgina “tanlangan” odamning kelishiga qarab to'xtab turibdimi? Mana shunga o'xshagan savollar odamlar ongida aylanib yurmoqda.
ARGOS tizimi ochiqlikni talab qiladi. Agar tanlov haqiqatdan ham halol o'tsa, yuqoridagilarga “so'zini o'tkaza olmaydigan”, faqat qonun bilan ishlaydigan mustaqil kadr kelib qolishi mumkin. Bu esa ba'zi mahalliy “kattalar”ga ma'qul emas. Shunga ko'ra, tanlov jarayonlarini sun'iy ravishda paysalga solish va vaziyatni mavhum ushlab turish foydaliroqmi?
Rahbarsiz bo'lim egasiz dala deydilar.biroq Olti oy kam muddat emas. Bu yarim yil davomida shaharda qancha ishsizlik muammosi hal bo'lmay qoldi? Kambag'allikni qisqartirish dasturlari kimning nazorati ostida amalga oshirilmoqda? Rahbar vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxs hech qachon to'laqonli islohot qilolmaydi, chunki unda tizimli qaror qabul qilish vakolati ham, ertangi kunga ishonchi ham bo'lmaydi. U shunchaki “kresloni sovutib turuvchi” posbon, xolos.
Viloyatda qonun ustuvorligi qay darajada? Agar davlatning eng muhim organida kadrlar siyosati shu tarzda oqsayotgan bo'lsa, demak, qonun ishlashida emas, balki uni o'z manfaatlariga moslashtirishda “jonbozlik” ko'rsatilayotganga o'xshab qolmayapdimi?
Jahongir Mirzaev kabi yuristlarning bu mavzuni jamoatchilikka olib chiqishi jamiyatning uyg'oqligidan nishona. Endi navbat vakolatli organlarga. Olti oylik “rahbar kutish marosimi” qachon tugaydi?
Agar ARGOS tizimi chindan ham mustaqil va shaffof bo'lsa, nega ushbu bo'sh lavozim bo'yicha xalqqa ochiq hisobot berilmayapti? Xalq bilishi kerak bu erda salohiyatli kadr etishmayaptimi yoki kimningdir manfaati qonundan ustun kelyaptimi?
Muallif
ModeratorIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.