Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
O'zbekiston sud-huquq tizimida qonun va adolat ustuvorligi nafaqat qog'ozda, balki amalda bosh mezon ekanligini yaqqol isbotlab berdi. Farg'onada bir necha yil davomida “Jurnalist” niqobi ostida tuhmat, haqorat va tovlamachilik bilan shug'ullanib kelgan E.Tadjibaev ustidan chiqarilgan yakuniy sud ajrimi o'z yakuniga etdi.

“Баходир Саппаев” YouTube тармоғидан олинди фото сурат
Farg'onada o'zini “mustaqil bloger”, “adolat posboni” qilib ko'rsatgan, aslida esa shaxsiy adovat, tuhmat va tovlamachilik bilan kun ko'rib kelgan E.Tadjibaev ustidan chiqarilgan sud hukmi apellyasiya instansiyasida ko'rib chiqildi.
Sudlov hay'ati tarmoq bezorisining qattiq tartibli koloniyaga ravona bo'lishi haqidagi qarorni o'zgarishsiz qoldirdi. “Qahramonimizning” barcha qabihliklari sudda o'z tasdig'ini topdi!
E.Tadjibaev AT “Xalq banki” filiali boshlig'i K.Yu ga qarshi shaxsan qabih reja tuzgan. U bank rahbarini sharmanda qiluvchi audioyozuvlarni qo'lga kiritib, ularni o'zi boshqaradigan Telegram kanallariga joylashtirgan va tagiga «davomi bor» deb tahdidli izoh qoldirgan. Go'yoki “haqiqatni oshkor qilayotgan insofli bloger” rolini o'ynagan.
Bu holatni ko'rib, gapirvorging keladi , “insof posboni” bu postlarni xalq uchun chiqarmagan ekan. U bank rahbarini ijtimoiy tarmoqlarda butunlay sharmanda qilish bilan qo'rqitib, boshqa bir fuqaroning nomidagi 29 000 000 so'mlik kredit qarzdorligini bank rahbariga majburan to'latishni (mulkiy xususiyatdagi talab qo'yishni) maqsad qilgan.
Mana sizga “xalqparvarlik”! Ushbu jinoiy harakat sud tomonidan to'g'ridan-to'g'ri JKning 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan o'z tasdig'ini topdi.
Bu soxta “qahramon” ning navbatdagi jinoiy nishoni mahalliy jurnalist va OAV rahbari Sh.Esanov bo'lgan. E.Tadjibaev ichidagi shaxsiy adovati va nafrati tufayli hech qanday insoniylik va erkaklik chegaralariga rioya qilmagan.
E.Tadjibaev jurnalist Sh.Esanovning avtomashinasidan uning fuqarolik pasportini o'g'rilik bilan egallab olgani
Erkak kishiga “xos»” ish tutib, o'g'irlangan pasport suratlarini va Jurnalistning oila a'zolari, voyaga etmagan farzandlarining shaxsiy fotosuratlarini soxta Telegram kanaliga joylashtirgani
Suratlar ostiga jabrlanuvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlovchi, ularni jamiyatda sharmanda qiluvchi uydirma va tuhmatlarni shaxsan o'zi yozib tarqatgani sudda o'z tasdig'ini topdi.
E.Tadjibaevning aynan mana shu shaxsiy adovati tufayli Sh.Esanov bilan hamkorlik qilgan boshqa muxbir va blogerlarni (O.Xalikov, N.Mo'sinov, M.Solieva) ham nishonga olib, ularning suratlari tagiga sharmandali bo'htonlar yozgani ham jinoyat ishi doirasida to'liq tasdiqlandi.
“Haqiqatchi blogerimiz” shu darajada past ketgan ekan-da? E.Tadjibaevning jinoiy bezboriligi faqat virtual olamda klaviatura qahramoni bo'lish bilan cheklanmagan. 2025 yil 12 may kuni u Tez tibbiy yordam maskaniga kirib, shifokorlardan o'zboshimchalik bilan, xuddi o'zi professordek “Eufillin” dorisini urishni talab qilgan.
Tekshiruv davomida shifokorlar unga bu dorini berib bo'lmasligini aytganda, u quturib, xizmat vazifasini bajarayotgan shifokorlarni haqorat qilgani, tibbiy uskunani erga urib sindirgani va shifokorga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlarni namoyish etgani sudda o'z tasdig'ini topdi.
Tarmoqda axloqdan dars beradigan odamning asl tarbiyasi shifoxonada ko'rindi-qoldi.
Soxta blogerning qonunbuzarliklari 2025 yil 16 may kuni eng dahshatli va shu bilan birga kulgili nuqtasiga etdi. Sud ajrimiga asosan uning xonadonida tintuv o'tkazishga kelgan Farg'ona shahar IIB tergovchisi va tezkor xodimlariga u haqiqiy “janggari kino qahramonlaridek faol qarshilik ko'rsatgan.
Tergov organi tintuv jarayoni
U oshxona pichog'ini olib, IIB xodimlarining hayotiga tahdid qilgani va pichoqni bo'yniga tirab, tergov harakatlarini to'xtatishni talab qilgani hamda uni zararsizlantirmoqchi bo'lgan IIB katta tezkor vakili E.O'ga tan jarohati etkazgani
Bu ham etmaganidek, artistlikni joyiga qo'yib, uyidagi yonuvchi dizel yoqilg'isini (solyarka) boshidan quyib, o't oldirgich (zajigalka) yordamida o'zini va atrofdagi IIB xodimlarini yoqib yuborish bilan tahdid qilgani sud prosessida to'liq o'z tasdig'ini topdi. Maqsad qonuniy jazodan qo'rqib, IIB xodimlarini va mahallani vahimaga solish bo'lgan.
E.Tadjibaev muqaddam qasddan jinoyat sodir etib, shartli ozod qilinganidan to'g'ri xulosa chiqarmasdan, yana qasddan mana shunday og'ir jinoyatlarni sodir etgan.
Sodir etgan vahshiyona jinoiy epizodlari uchun unga bundan-da ko'p va og'irroq jazo muddati berilishi lozim bo'lsa-da, sud Davlatimizning oliy qadriyati bo'lgan insoniylik va gumanizm prinsipidan kelib chiqib, uning oilaviy sharoitini inobatga oldi (sud unga rahm qildi). Qonun doirasidagi uzil-kesil jazoni tayinladi.
E.Tadjibaev Jinoyat kodeksining 139-moddasi (Tuhmat), 140-moddasi (Haqorat), 165-moddasi (Tovlamachilik), 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga qarshilik) va 227-moddasi bilan butkul aybdor deb topildi va jazoni qattiq tartibli koloniyada o'tashi belgilandi.
Sudda adolat bor, qonun ustuvor! Tarmoqda niqob kiyib, insonlar hayotini zaharlagan, solyarka quyib shou ko'rsatgan tovlamachining so'nggi bekati baribir temir panjara orti bo'ldi. Endi u erda bemalol «blogerlik» qilishi mumkin.
Muallif Yodgorbek Qo’shoqboev
Muallif
ModeratorIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.