Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Vazir barcha tibbiyot xodimlarini kasbiy burchini halol va vijdonan bajarishga chaqirib, fuqarolarning murojaatlari hamda tanqidiy fikrlari sohani yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan soha xodimlari va aholiga yo'llangan murojaatda korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekani alohida ta'kidlandi.
Murojaatda korrupsiya mamlakat taraqqiyotiga jiddiy tahdid ekani, uning har qanday ko'rinishiga qarshi murosasiz kurashish, davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, byurokratik to'siqlarni bartaraf etish borasida izchil islohotlar amalga oshirilayotgani qayd etilgan.
Shuningdek, inson hayoti va salomatligi uchun mas'ul bo'lgan sog'liqni saqlash tizimida halollik, qonuniylik va mas'uliyat tamoyillariga qat'iy amal qilish, ijtimoiy tarmoqlarda ko'tarilayotgan tanqidiy murojaatlarda tilga olinayotgan muammolarni bartaraf etish hamda korrupsiyaning oldini olish bo'yicha ta'sirchan choralarni kuchaytirish zarurligi ta'kidlangan.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi barcha tibbiyot xodimlarini korrupsiyaning har qanday ko'rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lishga, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishga chaqirdi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.