Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Sud tizimida ochiqlik va shaffoflik doim kun tartibidagi eng nozik mavzu. Biroq Oliy sud matbuot xizmati rahbarligiga amaldagi sudyaning tayinlanishi jurnalist va blogerlar o'rtasida haqli savollarni tug'dirmoqda: an'anaviy muhitda shakllangan kadr jamoatchilik bilan til topisha oladimi yoki yana rasmiyatchilikka yo'l ochiladimi?

Sud tizimida ochiqlik va shaffoflik doim kun tartibidagi eng nozik mavzu. Biroq Oliy sud matbuot xizmati rahbarligiga amaldagi sudyaning tayinlanishi jurnalist va blogerlar o'rtasida haqli savollarni tug'dirmoqda an'anaviy muhitda shakllangan kadr jamoatchilik bilan til topisha oladimi yoki yana rasmiyatchilikka yo'l ochiladimi?
Mamlakatimizda sud-huquq sohasini yanada ochiq qilish, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo'lga qo'yish borasida ko'plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin ayrim kadrlar tayinlovi axborot maydonida turli muhokamalarga sabab bo'lmoqda.
Xususan, yaqinda Oliy sud Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi rahbarligiga qilingan yangi tayinlov shular jumlasidandir. Sudyalikdan matbuot xizmatiga Ko'prik quriladimi yoki devor bo'ladimi? Ma'lum bo'lishicha, Oliy sud matbuot xizmatiga Surayyoxon Rustamovna Xojamkulova tayinlangan.

Surayyoxon Rustamovna Oliy sud matbuot kotibi
U bunga qadar Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo'yicha sudyasi lavozimida faoliyat yuritgan.
Tabiiy ravishda savol tug'iladi sudyalik maqomidan kelgan inson butun respublika jurnalistlari, blogerlari va jamoatchilik bilan ishlashda qanday yondashuvni qo'llaydi?
Ko'pchilikka ma'lumki, sud binolariga kirganda munosabatlar qat'iy rasmiyatchilikka asoslangani seziladi. Matbuot va blogerlar bilan ochiq, erkin muloqot qilish ko'nikmasi muhim bo'lgan bunday mas'uliyatli lavozimga sudyaning tayinlanishi Oliy sudning ochiqlik siyosatiga qanday ta'sir qiladi?
Farg'ona viloyati jib sudidan lavxa
Axir matbuot kotibi tizimning "yuzi" va jamiyat bilan ishonchli ko'prik bo'lishi kerak emasmi? Umid qilamizki, yangi rahbariyat davrida matbuot xizmati faqat rasmiy hisobotlar bilan cheklanib qolmaydi.
Aziz Abidovning lavozimi o'zgarishi sabablari nimada?

Azizbek Abidov saloxiyatli sobiq oliy sudning matbuot kotibi
Bu tayinlovning yana bir e'tiborli jihati 2019 yildan buyon ushbu lavozimda muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan Aziz Agzamovich Abidovning boshqa ishga (Oliy sudda bosh mutaxassis sifatida) o'tkazilganidir.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.