Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Tavsiya etilayotgan dori vositalari davlat ro'yxatidan o'tganmi? Ular qaysi tartibda tanlanadi va bemorlarga nimaga asosan tavsiya qilinadi? Nega moddiy imkoniyati cheklangan bemorlarga arzonroq yoki muqobil davolash usullari taklif etilmaydi? Mazkur xizmatlar va dori vositalari narxlari ustidan qaysi davlat organi nazorat olib boradi?

Hurmatli Sog'liqni saqlash vazirligi mas'ullari! Farg'ona viloyatida «Farg'onada bittagina» nomi bilan tanilgan tabib qabulxonasidagi holat haqida tarqalayotgan ma'lumotlar jamoatchilikda jiddiy savollarni keltirib chiqarmoqda.

Aytilishicha, ayrim bemorlarga bir oylik dori vositalari uchun qariyb 4 million so'mlik reseptlar tavsiya etilmoqda.

Resept
Pensiyasi 700 ming so'm atrofida bo'lgan keksa insonlar esa hatto eng arzon deb aytilgan dori to'plamini ham sotib olish imkoniga ega emas.

Resept
Shu o'rinda Sog'liqni saqlash vazirligiga bir nechta savolimiz bor.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Ushbu muassasa yoki faoliyat yuritayotgan shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda tibbiy yoki xalq tabobati faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga egami?
Tavsiya etilayotgan dori vositalari davlat ro'yxatidan o'tganmi? Ular qaysi tartibda tanlanadi va bemorlarga nimaga asosan tavsiya qilinadi?
Nega moddiy imkoniyati cheklangan bemorlarga arzonroq yoki muqobil davolash usullari taklif etilmaydi?
Mazkur xizmatlar va dori vositalari narxlari ustidan qaysi davlat organi nazorat olib boradi?
Eng muhimi, mazkur faoliyat yuzasidan Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tekshiruv o'tkazilganmi? Agar o'tkazilmagan bo'lsa, qachon o'tkaziladi?
Insonning dardi hech qachon daromad manbaiga aylanmasligi kerak.Odamlar shifo izlab boradi, moliyaviy tushkunlikka tushish uchun emas.
Agar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bu ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelsa, unga huquqiy va tibbiy baho berilishi shart. Agar ma'lumotlar noto'g'ri bo'lsa, bu haqda ham rasmiy va asosli tushuntirish berilishi lozim.
Jamoatchilik Sog'liqni saqlash vazirligidan ushbu holatga befarq bo'lmaslikni, qonuniylik, shaffoflik va fuqarolar manfaatlarini ta'minlash yo'lida rasmiy munosabat bildirishini kutadi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.