Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Dunyodagi eng sharafli va oliyjanob ish inson qalbiga yo'l topish va unda ezgulik urug'larini undirishdir

Farg'ona viloyati maktabgacha ta'lim tizimining rivojlanishiga beqiyos hissa qo'shgan, ko'p yillar davomida ushbu sohada samarali va fidokorona mehnat qilgan tajribali pedagog va muvaffaqiyatli rahbar Yulduz Mansurovna Xodjaeva bugun o'zlarining tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.
Yulduz Xodjaeva faoliyati davomida Farg'ona viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi (tashkiloti) rahbari sifatida mas'uliyatli vazifani sharaf bilan bajarib, yosh avlod tarbiyasi, tizimni modernizasiya qilish va sohaga yangicha yondashuvlarni olib kirishda muhim islohotlar tashabbuskori bo'ldilar. Bugungi kunda nafaqada bo'lishlariga qaramay, ular yaratgan maktab, ustoz-shogirdlik an'analari va amalga oshirgan ezgu ishlari viloyat ta'lim tizimida yuqori natijalar berishda davom etmoqda.
Hurmatli Yulduz Mansurovna!
Sizni bugungi qutlug' tavallud ayyomingiz bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Viloyatimiz maktabgacha ta'lim sohasini yuksaltirish yo'lidagi ko'p yillik samarali mehnatingiz, yuksak mas'uliyatingiz va kasbiy mahoratingiz soha vakillari uchun haqiqiy ibrat namunasidir. Sizning bag'rikengligingiz, o'z kasbiga bo'lgan sadoqatingiz tufayli yuzlab shogirdlar, tarbiyachi-pedagoglar etishib chiqdi va voyaga etdi.
Sizga mustahkam sog'liq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va xonadoningizga qut-baraka tilaymiz. Farzandlaringiz va nabiralaringiz ardog'ida, hayotning har bir kunidan quvonib, go'zal va mazmunli umrguzarlik qilish baxti sizni tark etmasin.
Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.