Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Vatan xavfsizligi, davlat suvereniteti va milliy manfaatlar har bir fuqaro va har bir davlat uchun eng ustuvor qadriyat hisoblanadi. Hech qanday xalqaro maqom, tashkilot yoki niqob Ona Vatanimiz ravnaqi va milliy xavfsizlik talablaridan ustun bo'lishi mumkin emas.

Bugungi kunda inson huquqi va demokratiya shiori ostida yashiringan, xalqaro miqyosdagi jinoiy guruhlar tomonidan tashkil etilayotgan axborot hujumlari mamlakatimiz va faollarimizga qarshi amalga oshirilmoqda.
Shuning uchun biz quyidagi choralarni amalga oshirishni qat'iy so'rab qilamiz
QORA RO'YXAT tuzish va uni rasman e'lon qilish, shu jumladan, faoliyat yuritayotgan shaxslar va guruhlarning mamlakatimiz hududiga kirishiga yo'l qo'ymaslik;
Xorijiy shaxslar va xalqaro tashkilotlar vakillari faoliyatini qonunchilik va milliy xavfsizlik talablari asosida nazorat qilish;
Davlat va jamoatchilik institutlari hamkorligida samarali huquqiy va institutsional mexanizmlarni yaratish.
Ayniqsa, mamlakatlarimizda qonunga zid faoliyat bilan shug'ullangan quyidagi kimsalarning davlatlardan xaydab chiqarilgani mutlaqo adolatli qaror sifatida baholanishi lozim:
Stiv Sverdlov (HRW) — 2019 yilda O'zbekistondan chiqarilgan;Content image
Umida Niyozova (UGF va “Eltuz–Geytuz” asoschisi) — 2024 yilda O'zbekistondan chiqarilgan;Content image
Ilya Nuzov (FIDH) — 2025 yilda Qirg'izistondan chiqarilgan.Content image
Bizning qarashimizcha, ushbu tajriba boshqa Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham amaliy namuna bo'lishi lozim.
Har bir davlat «Vatan — eng avvalo» tamoyili asosida harakat qilishi va o'z hududida milliy manfaatlar, suverenitet va barqarorlikni himoya qilishi shart.
Barcha vatanparvar fuqarolar, jamoatchilik va davlat institutlari ushbu mexanizmlarni faol qo'llab quvvatlasin, milliy xavfsizlik va davlat barqarorligini ta'minlashda birlashsin.
Chunki Vatan — muqaddas! Eng avvalo Vatan!
“Muqobil O'zbekiston” muxolif harakati!

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.