Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Eng muhim yangilik 2027 yildan boshlab ayollar va bolalar huquqlari bilan bog'liq ishlarni faqat maxsus tayyorgarlikdan o'tgan sudya va tergovchilar ko'rib chiqadi hamda «SOS» tezkor xabar berish tizimi yo'lga qo'yiladi. Bu choralar oila institutida maishiy zo'ravonlikni tag-tubi bilan yo'q qilish va huquqiy muhofazani xalqaro darajaga olib chiqishga qaratilgan.

2026 yil 3 martda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to'g'risida” PF-33-sonli farmon mamlakatimizda ijtimoiy muhofazani yanada mustahkamlash, oila institutini qo'llab-quvvatlash va bolalarni har qanday salbiy ta'sirlardan himoya qilish yo'lida muhim qadam sifatida alohida e'tirof etiladi.
Farmonning qabul qilinishi ayollar va bolalar huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati va qonunchilik islohotlari tarkibida eng muhim huquqiy hujjatlardan biri hisoblanadi.
Farmonning maqsad va vazifalariga to'xtaladigan bo'lsak, uning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Erta nikohlar va 16 yoshgacha homiladorlik holatlarining oldini olish: bu orqali voyaga etmagan shaxslarning huquqlari himoya qilinishi, ota-onalarning farzandlar uchun mas'uliyati oshirilishi va yoshlarning sog'lom hayotga tayyorlanishi ta'minlanadi.
Moliyaviy mustaqillikka erishgan yoshlar orasida mas'uliyatli nikohni rag'batlantirish: davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash choralari (subsidiya, grant, ssuda) belgilanadi va ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar uchun moliyaviy ko'mak miqdori 1,5 baravarga oshiriladi.
Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarini kamaytirish: bunday shaxslarni qo'llab-quvvatlash tizimi hamda ularni himoya qilish mexanizmlari takomillashtiriladi.
Maxsus tayyorgarlik kurslarini joriy etish: oila va xotin-qizlar maskanlarida nikohlanuvchilarni “maishiy zo'ravonliksiz baxtli oilaviy hayotga tayyorlash” maxsus kurslari tashkil etiladi. 2026 yilda mazkur kurslarda qamrab olish 50%ga, 2027 yilda 60%ga va 2030 yilda 100%ga etkazilishi rejalashtirilgan.
Farmon ijtimoiy, huquqiy va ma'naviy jihatdan oila va bolalarni muhofaza qilish tizimini barqarorlashtirishga qaratilgan.
Erta nikoh va yoshlarning huquqlariga, erta nikohlar va 16 yoshgacha homiladorlik holatlariga alohida e'tibor qaratilgan:
2027 yildan boshlab birinchi marta nikoh tuzayotgan yosh oilalar uchun davlat tomonidan qo'shimcha imtiyozlar va qo'llab-quvvatlash choralari joriy qilinadi.
Homilador yosh talabalar va 3 yoshgacha farzand tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi talabalar oliy ta'limda ikkinchi imkoniyatga ega bo'ladi, ular masofaviy ta'lim va fanlarni o'zlashtirish uchun qo'shimcha muddat va sharoitlarga ega bo'ladi.
Farmonda ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikka qarshi tizimni takomillashtirish bo'yicha qator huquqiy va amaliy choralar belgilangan:
Himoya orderi berilgan shaxslarga “SOS” mobil ilovasi orqali zudlik bilan xabar berish imkoniyati yaratiladi.
Zo'ravonlik sodir etgan shaxslarning ruhiyatida buzilish mavjud bo'lsa, majburiy ambulator psixiatr ko'rikdan o'tkazish tartibi kiritiladi.
2027 yil 1 yanvardan boshlab ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik bilan bog'liq jinoyatlar, qoida tariqasida, maxsus tayyorgarlikdan o'tgan tergovchilar va sudyalar tomonidan tergov qilinadi va va ko'rib chiqiladi.
Farmonda tergov va sud jarayonida ayol tergovchi va sudyalarga ustuvorlik berish hamda xalqaro standartlarga asoslangan maxsus o'quv dasturlari orqali tergovchilar va sudyalarni tayyorlash nazarda tutilgan.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, Farmon ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishda muhim qadam hisoblanadi. U erta nikoh va tazyiq holatlarini oldini olish, vakolatli idoralar hamkorligini kuchaytirish, jamiyatda murosasizlik muhitini shakllantirish va oila institutini qo'llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Shu tariqa, mazkur farmon O'zbekistonda ijtimoiy muhofazani mustahkamlash va huquqiy tartibni ta'minlashda asosiy huquqiy mexanizm sifatida xizmat qiladi.
Alisher Abdullaev
Fuqarolik ishlari bo'yicha Rishton tumanlararo sudining sudyasi

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.