Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Samarqand viloyati Payariq tumanida sodir bo'lgan mudhish fojia jamoatchilikni larzaga soldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 35 yoshli uch farzandning onasi turmush o'rtog'i tomonidan pichoqlangan va shifoxonada vafot etgan.

Қотиллик қурбони бўлган мархума воқеа жойи
Jurnalistik surishtiruv lavxasi
Samarqand viloyatining Payariq tumanida yuz bergan mudhish voqea jamoatchilikni larzaga soldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, uch nafar farzandning onasi bo'lgan 35 yoshli ayol turmush o'rtog'i tomonidan pichoqlangan va shifokorlarning barcha sa'y-harakatlariga qaramay vafot etgan.

Marxumaning onasi
Voqea joyida bo'lgan ijodiy jamoa tomonidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, marhumaning onasi qizining oilaviy hayotida uzoq vaqtdan buyon muammolar bo'lganini aytib berdi.

Marxumaning qizlik xonadoni
Qizim kundalik mehnat qilib, boshqa ayollarni ham ishga olib chiqib, tirikchilik qilardi. Bolalarini boqish uchun tinmay mehnat qilardi. “Bolalarim katta bo'lsa meni umraga olib boradi”, deb orzu qilardi. Hatto meni ham birga olib borishini aytardi. Keyingi paytlarda kuyov ko'p ichadigan bo'lib qoldi, deya ko'z yoshlari bilan so'zladi marhumaning onasi.

Marxumaning suratlari
Eng achinarlisi, fojia sodir bo'lgan vaqtda xonadonda marhumaning voyaga etmagan ikki nafar farzandi ham bo'lgan. Bolalar qonga botgan holda yotgan onasini ko'rib, unga yordam bera olmagan va dahshatli holatdan qo'rqib, yaqin qarindoshlari “ Tog'asining” uyiga yordam so'rab yugurgan.

Marxumaning akasi
Marhumaning akasi ham o'sha kungi voqealarni og'ir dard bilan esladi.

Mudxish voqea yuzberga joy
Ikki jiyanim yig'lab kelib, “Dadam onamni pichoqlab qo'ydi”, dedi. Shu zahoti yuragim orqaga tortib ketdi. Darhol ularning uyiga yugurdim. Borsam, singlim og'ir ahvolda yotardi. Uni zudlik bilan avtomashinaga joylab shifoxonaga olib bordik. Ammo shifokorlar uni saqlab qola olishmadi, deydi u.

Marxuma raxmatli
Voqeaning ikkinchi tomoni ham o'rganildi. Marhumaning qaynonasi so'zlariga ko'ra, kelin uyga kirib dam olish uchun xonasiga kirgan. Oradan ko'p o'tmay nevarasi yugurib chiqib, “Onamni dadam o'ldirib qo'ydi”, deb xabar bergan.

@@caption(Mudxish voqea yuzbergan xona) Men avval ishonmadim. Keyin hamma chopib ketdi. Nima bo'lganini keyin bildim. Boshqa tafsilotlardan xabarim yo'q, deydi qaynona.

Marxumaning qaynonasi
Hozirda ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Voqeaning barcha holatlariga huquqiy baho berilishi kutilmoqda.
Bir ayolning orzulari, uch nafar farzandning mehribon onasi bo'lgan insonning hayoti shu tarzda fojeali yakun topdi. Endi esa uch nafar bola ona mehridan mahrum qoldi. Bu voqea nafaqat bir oilaning, balki butun jamiyatning og'rig'iga aylandi.
Muxbir: Maftuna Ubaydulaeva
Muallif
ModeratorIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.