Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetida bitiruv malakaviy ishlari himoyasi boshlandi. Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti bitiruvchilari Davlat attestasiya komissiyasi oldida o'z ilmiy tadqiqotlarini himoya qilmoqda.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetida bu yilgi bitiruvchi talabalarning bitiruv malakaviy ishi himoyalariga start berildi.

Attestatsiya doirasida xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, amaliy psixologiya va sotsiologiya yo‘nalishlarida tahsil olgan bitiruvchilar o‘z bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilmoqda.

Tadbir avvalida Universitet rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja bitiruvchilar bilan uchrashib, ularni muhim sinov bosqichi bilan tabrikladi hamda kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Davlat attestatsiya komissiyasi tarkibida mamlakatimiz ilm-fan va ta’lim sohasi vakillari – professorlar Muqimjon Qirg‘izboyev, Abdug‘ani Xolbekov, Baxtiyor Omonov hamda boshqa tajribali mutaxassislar faoliyat olib bormoqda.

Himoya jarayonlarida qator dolzarb va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega mavzulardagi tadqiqotlar komissiya a’zolarining e’tiborini tortdi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi madaniy-gumanitar hamkorligi masalalari”, “Kaspiy va Markaziy Osiyo mintaqasida energetik resurslar uchun raqobat hamda uning mintaqaviy xavfsizlikka ta’siri”, “Migratsiya jarayonlarining oilaviy munosabatlarga ta’siri: ichki va tashqi migratsiya misolida” mavzularidagi ilmiy ishlar yuqori baholandi.

Davlat attestatsiyasi jarayonlari bitiruvchilarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholash, shuningdek, ularning mustaqil tadqiqotchilik salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.