Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg'ona filiali faoliyati yuzasidan Ijtimoiy tarmoqlarda aytilgan holatlar haqiqatga qay darajada mos? Ferganamedia.uz jurnalistik surishtiruvi davomida hujjatlar, amaldagi tartib va mas'ullarning izohlari o'rganildi.

RIO va BSIATM FVF Kasaba kumitasi raisi Kabilova Ekutxon Chingizovna bulib o’tgan voqealar yuzasidan izox berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg'ona filiali faoliyati bilan bog'liq videomurojaat tarqalib, unda bir nafar fuqaro kesar kesish (kesarevo) operasiyasi uchun taxminan bir million so'mlik dori-darmon vositalariga resept yozib berilganidan noroziligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan jurnalistik surishtiruv olib borildi. Surishtiruv davomida aniqlanishicha, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish hamda davlat tibbiy sug'urta tizimini joriy etishga oid qarorlariga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan Farg'ona viloyatida ham davlat tibbiy sug'urta tizimi amalga kiritilgan.
Mazkur tizimning asosiy maqsadi davlat tibbiyot muassasalarida aholiga kafolatlangan hajmda sifatli tibbiy xizmat ko'rsatishdan iborat.
Jurnalistik surishtiruv davomida Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli ko'rsatmalariga asosan stasionar sharoitda davolanayotgan har bir bemor uchun kunlik dori-darmon vositalari, tibbiy buyumlar va reaktivlar xarajatlari uchun 41 250 so'm miqdorida mablag' ajratilishi belgilangani ma'lum bo'ldi. Shu bilan birga, mutaxassislarning ta'kidlashicha, har bir bemorning tashxisi, operasiyaning murakkabligi, hamroh kasalliklari va tibbiy ko'rsatmalariga qarab qo'shimcha yoki maxsus dori vositalari talab etilishi mumkin. Bu esa har bir holatni alohida o'rganishni talab qiladi.
Tarqalgan audioyozuvlar tahlil qilinganda, unda shifokor tomonidan muayyan mablag' talab qilingani emas, balki bemor yaqini tomonidan tashabbus bildirilib, shifokor esa «ko'nglingizdan chiqarib berishingiz mumkin» mazmunida javob qaytargani eshitiladi. Ushbu holatga huquqiy baho berish esa vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakolatiga kiradi.
Ayni paytda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg'ona filialida korrupsiyaning oldini olish, tibbiy xizmatlar shaffofligini ta'minlash hamda fuqarolar murojaatlarini tezkor ko'rib chiqish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayotgani ham ma'lum qilindi.
Jurnalistik surishtiruv davom etmoqda. Videoda keltirilgan barcha holatlarga tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan huquqiy baho berilgach, qo'shimcha ma'lumotlar jamoatchilikka taqdim etiladi.
Muallif
ModeratorIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.