Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Farg'ona shahridagi «Po'lsha bozori»da olov bilan “o'ynashib”, ijtimoiy tarmoqlarda layk yig'ish ilinjida yuzlab insonlarning rizqini va butun bozorni xavf ostiga qo'ygan qo'shtirnoq ichidagi «qahramon»ning qilmishi oxiriga etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda layk va prosmotr yig'ish ilinjida havfsizlikni unutgan qo'shtirnoq ostidagi qahramonimiz ochiq olov va tez yonuvchan moddalar yordamida yong'in xavfsizligi qoidalarini qo'pol ravishda buzib videomurojaat tarqatdi birgina video uchun yuzlab insonlarning rizqi qiyilishi va butun bozorni xavf ostiga qo'yishdan tap tortmaydigan bunday “bloger”larning qilmishi jamiyatga xavf tug'dirishini o'zlari anglab etarmikan? Tarmoqlardagi o'zini kuzatuvchilariga qanday ibrat bo'lmoqdaligini tushunarmikan? Albatta savolimiz savoligicha qoladi!

Biroq hushyorlik va tezkorlik bilan qilingan sa'y-harakatlar natijasida bu «tezkor shou»ning oldi olindi

Farg'ona shahar FVV raxbari D.Hamqulov
Farg'ona shahar FVB boshlig'i podpolkovnik D Hamqulov hamda Farg'ona shaxar Ichki ishlar organlari faoliyatini muovfiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i A Ashurov tomonidan nazoratga olinib, zudlik bilan qat'iy choralar ko'rilib bozor ma'muriyati va qoidani buzgan “ijodkor”ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va huquqiy baho berish uchun IIBga yuborildi.
Vaziyatga o'z vaqtida professional va mas'uliyat bilan yondashib yirik fojianing oldini olgan Farg'ona shahrimizning mas'ul rahbarlariga jamoamiz nomidan cheksiz minnatdorchilik bildiramiz qonun ustuvor bo'lgan yurtda bunday “qahramonlik”larga aslo o'rin yo'q

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.