Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Сўнгги кунларда суд тизимидаги қариндошлик алоқалари ва кадрлар сиёсати ҳақидаги муҳокамалар жамоатчилик эътиборини тортмоқда. Журналистик материаллар ва ижтимоий тармоқлардаги чиқишлар ортидан Олий суд раҳбариятига яқин айрим суд ходимларининг суд органларидаги фаолияти бўйича саволлар кўпайди. Шу билан бирга, Олий суд ахборот хизматидаги ўзгаришлар ҳам очиқлик ва шаффофлик масаласини яна кун тартибига олиб чиқди.

So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sud tizimidagi qarindoshlik aloqalari haqidagi muhokamalar yanada faollashdi. Jurnalist Anora Sodiqova tomonidan e'lon qilingan videoda Oliy sud rahbariyatiga yaqin qarindoshlari masalasi turli sud organlarida faoliyat yuritishi haqida ayrim savollar o'rtaga tashlandi
Anora Sodiqova lavxasi
Muhokamalarda tilga olinayotgan ma'lumotlarga ko'ra, bir qator sudya va sud raislari o'rtasida qarindoshlik munosabatlari mavjudligi haqida da'volar bildirilmoqda. Ayrim kuzatuvchilarning ta'kidlashicha, mazkur insonlarning ko'pchiligi Robaxon Maxmudova Oliy sud raisi etib tayinlanishidan avval ham sud tizimida faoliyat yuritgan.
Shu nuqtai nazardan, asosiy masala “kimning qaerda ishlayotganida emas, balki “ bir tizimda yaqin qarindoshlar faoliyat yuritganda manfaatlar to'qnashuvining oldi qanday olinishida ekani ta'kidlanmoqda.

Oliy sud raisi Robahon Mahmudova
Yuqori lavozimdagi sud rahbarining yaqin qarindoshlari ham sudyalik yoki sud rahbarligi lavozimlarida ishlasa, xolislik qanday ta'minlanadi? Shikoyatlar yoki intizomiy masalalar yuqori instansiyalarga chiqqan taqdirda qanday mexanizmlar ishlaydi? Bu savollarni berish kimnidir ayblash emas. Aksincha, sud hokimiyatiga bo'lgan ishonchni mustahkamlash uchun zarur bo'lgan ochiq muhokama hisoblanadi.
Muhokamalar fonida Oliy sud axborot xizmatidagi o'zgarishlar ham jamoatchilik e'tiborini tortdi.

Azizbek Abidov Oliy sudning sobiq Axborot xizmati rahbari edi.
Azizbek Abidovning lavozimdan ketgani haqidagi xabarlar ortidan jamoatchilik bilan aloqalar yo'nalishiga sud tizimida sudya bo'lib faoliyat yuritgan kadr kelgani gap-so'zlar turli munosabatlarni keltirib chiqarmoqda.

Albatta, sud sohasida ishlagan mutaxassisning huquqiy tajribasi yuqori bo'lishi mumkin. Biroq jamoatchilik bilan aloqalar sohasi faqat huquqiy bilim emas, balki ochiq muloqot tanqidga munosabat bildirish axborotni tezkor va tushunarli etkazish ommaviy kommunikasiya madaniyati kabi ko'nikmalarni ham talab qiladi.
Xalqaro huquqiy tamoyillarga ko'ra, sudya mustaqil va betaraf bo'lishi shart. Shu bilan birga, jamoatchilik nazarida ham sud tizimi har qanday ta'sir yoki qarindoshlik munosabatlaridan xoli ekaniga ishonch uyg'otishi lozim.
Agar fuqaroda “mening shikoyatim yuqori instansiyaga chiqqanda u erda qarindoshlik aloqalari ta'sir qilmaydimi?” degan shubha paydo bo'lsa, buning o'ziyoq sudga bo'lgan ishonchga ta'sir qilishi mumkin.
Muallif
Izohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.