Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Qush inida ko'rganini qiladi bu maqola bugungi kunning ayrim «qahramonlari» uchun naqadar to'g'ri aytilganini vaqt isbotlamoqda. Bir necha yil avval jamiyatda shov-shuv ko'targan, aslida esa ma'naviy qashshoq jinoyatchilar to'dasidan iborat bo'lgan «shalaqqi»larning izdoshlari hamon oramizda. Ularning maqsadi bitta xalq ishonchidan niqob sifatida foydalanish va davlat xazinasiga chang solish.

видео материал тайёрланмоқда батафсил очиқлаймиз.
Toshloq tumanidagi oilaviy bog'cha rahbarining qilmishlari nafaqat jinoyat, balki jamiyat va bolalar kelajagiga nisbatan qilingan eng og'ir xiyonatdir. Bog'cha yuzini ko'rmagan 200 dan ortiq bolalarni va ishlamagan xodimlarni kiritib, davlat xazinasiga chang soldi.
Bu ayol bolalarning rizqi bo'lgan 107 million so'mdan ortiq subsidiyani «o'lik jonlar» orqali o'zlashtirib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Ushbu harakatlar Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish) va 228-moddasi (soxtakorlik) bo'yicha eng pastkash jinoyatlar sirasiga kiradi. Avvalgi «soxta qahramonlar» kabi, bu ayol ham qonunni aldadim deb o'yladi, biroq adolatning qilichi uning niqobini parchalab tashladi. Sud hukmi bilan u ta'lim tizimidan quvildi, axloq tuzatish ishlariga mahkum etildi va o'g'irlangan mablag'lar davlatga qaytarildi.
Bu voqea barcha «uddaburon» va soxta niqob kiyganlarga dars bo'lishi kerak harom luqma hech qachon yuqmaydi va kelajakni barbod qiladi. Jinoyatchilar to'dasining mantig'i o'zgarmaydi, lekin ularning har bir qilmishi ertami-kechmi sharmandalik va jazo bilan yakunlanadi.
Qarg'a baland uchgani bilan hech qachon lochin bo'lolmaydi, uning qo'nishi doimo mana shunday irkit va sharmandali bo'lib qolaveradi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.