Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
OAV vakiliga tahdid qilish davlat siyosati va qonun ustuvorligiga ochiqchasiga qarshi chiqishdir. Fergana Media xodimiga bo'layotgan bosimlarni nafaqat shaxsga, balki so'z erkinligiga qilingan hujum deb baholaymiz. Tahdid qilayotgan har qanday "ko'chavoy" guruhlar yoki shaxslar qonun oldida javob berishi shart. Biz xodimimizni himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz hech bir tazyiq jazosiz qolmaydi, hech bir kuch bizni haqiqatdan to'xtata olmaydi. Qonun hamma uchun barobar!

Ёдгорбек Қўшакбоев Ferganamedia.uz Web sayt мухбири
Farg'ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbariyati diqqatiga! Bugungi kunda jamiyatda ochiqlikni ta'minlash va ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi etib belgilangan. Biroq, amaldagi qonunlarni mensimaydigan, o'zini ko'cha qonunlari bilan boshqariladigan o'tmish davrlarida deb hisoblaydigan shaxslar tomonidan OAV xodimlariga nisbatan bosim o'tkazish holatlari kuzatilmoqda.
Vaziyat tafsilotiga ko'ra, Fergana Media ommaviy axborot vositasi vakili Yodgorbek Qo'shaqboevga nisbatan uning xizmat vazifasini bajarishi bilan bog'liq ravishda noma'lum shaxslar tomonidan ochiqchasiga tahdidlar boshlangan. O'zini ko'cha botirlari qilib ko'rsatayotgan bu shaxslar OAV vakilining shaxsiy hayotiga daxl qilib, uning yashash manzilini aniqlash va jismoniy tazyiq o'tkazish xarakati kompaniyasi boshlab yuborishgan.
Biz shuni qat'iy bildiramizki, Fergana Media jamoasi o'z vakilini hech qanday bosim yoki tahdidlar qarshisida yolg'iz qoldirmaydi. Ommaviy axborot vositasi vakilining qonuniy faoliyatiga to'sqinlik qilish bu demokratik islohotlarga va jamiyat oshkoraligiga qarshi qaratilgan jinoiy harakatdir.Shu munosabat bilan, huquq-tartibot idoralaridan ushbu holat yuzasidan zudlik bilan surishtiruv ishlarini boshlash va OAV vakili Yodgorbek Qo'shaqboevning xavfsizligini ta'minlashni, tahdid qilayotgan shaxslarning kimligini aniqlab, ularga nisbatan qonuniy jazo choralarini ko'rishni hamda OAV vakilining daxlsizligini ta'minlash bo'yicha konstitusiyaviy huquqlarni amalda himoya qilishni so'raymiz.
Biz adolat va haqiqat yo'lida xizmat qilayotgan xodimimizning huquqlarini barcha qonuniy vositalar bilan himoya qilamiz. Huquq-tartibot idoralaridan ushbu masalaga shaxsan viloyat rahbariyati darajasida e'tibor qaratilishini kutib qolamiz. Fergana Media tahririyati.
Muallif
Izohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.