Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Koreyaning mashhur KBS telekanali bu safar o'zbek muhojiri andijonlik Shuhrat akaga kutilmagan mo''jiza sovg'a qildi! Mehnat ustida turgan otaning qarshisida to'satdan O'zbekistondan uchib kelgan ayoli va farzandlari paydo bo'ldi. Millionlab insonlarni yig'latgan oliy diydor lahzasidir.

Musofirchilik nonining yuki og'ir. Ayniqsa, oilasidan, farzandlari shiringina bo'lib o'sayotgan bag'ridan uzoqda, o'zga yurtlarda mehnat qilayotgan o'zbek erkaklarining elkasidagi mas'uliyatni faqat ularning o'zlari his qila oladi. Ichidagi sog'inchni ichiga yutib, oila ustuni bo'lib kelayotgan shunday yurtdoshlarimizdan biri Andijonlik Shuhrat akaning taqdiri Janubiy Koreyaning mashhur "KBS" (Korean Broadcasting System) telekanali nigohiga tushdi.
KBS Ko'rsatuvi Shuxrat aka oilasi bilan unutilmas onlar
Kanalning ommabop shou dasturlaridan biri bu safargi sonini aynan o'zbek muhojiriga bag'ishladi va unga umrbod xotirada qoladigan haqiqiy "syurpriz" tayyorladi.
Ish jarayonidagi kutilmagan mo''jiza
Uzoq yillardan buyon Koreyada halol mehnat qilib, oilasini boqayotgan Shuhrat aka uchun bu oddiy ish kunlaridan biri edi. U o'zining kundalik og'ir yumushlari bilan band bo'lgan, xayolida esa baribir Vatanda qolgan oilasi, farzandlarining sog'inchi aylanayotgan bir paytda, ko'rsatuv ijodkorlari rejani allaqachon ishga solib bo'lishgandi.
Telekanal jamoasi o'ta maxfiy tarzda Shuhrat akaning oila a'zolarini O'zbekistondan to'g'ri Janubiy Koreyaga olib bordi. Bundan musofir otaning umuman xabari yo'q edi.
Ish jarayoni davom etayotgan bir paytda, kutilmaganda qarshisida o'zining jigarbandlari, suyanchi bo'lgan ayolini ko'rgan otaning holatini so'z bilan ta'riflash qiyin. Studiya ijodkorlari, suratga olish jamoasi va keyinchalik ekran qarshisida o'tirgan millionlab tomoshabinlarning ko'ziga yosh keltirgan o'sha lahzalar haqiqiy quvonch va sog'inch ko'z yoshlari edi.
Ko'p yillik ayriliq, telefon ekrani orqali qilingan suhbatlar va sog'inch azobi bir soniyada barham topdi. Farzandlarini bag'riga bosgan, oilasiga suyanchiq bo'lgan andijonlik otaning yuzidagi baxt mashaqqatli musofirlik hayotining eng go'zal mukofoti bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi.
Bir oilaning ustuni bo'lish, ularni uzoqdan turib bo'lsa-da ta'minlash erkak kishining burchi. Lekin bu burchning ortida qanchalik sog'inch va ko'z yoshlari yashiringanini shunday lahzalar ochib beradi !

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.