Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Har bir fuqaro davlat organlariga murojaat qilganda, birinchi navbatda, qonuniylik, adolat va o'z huquqlarining himoya qilinishiga ishonadi. Biroq amalda buning aksi sodir bo'lib, murojaat qilgan shaxsning o'zi aybdor qilib ko'rsatilsa,ayrim mas'ullar tomonidan bosim va tahdidlarga duch kelsa, bu jamiyatda sog'lom muhitga va qonun ustuvorligiga raxna etkazmaydimi?

Voqea Qo'shtepa tumanida fuqaroning bir necha oy oldin 102 raqami orqali qilgan murojaatidan boshlanadi. Mazkur murojaat bo'yicha Qamishtepa MFY katta profilaktika inspektori tushuntirish olgan bo'lsa-da, fuqaroga natija haqida belgilangan muddatlarda na yozma, na elektron tarzda javob berilgan.
Oradan 5–6 oy o'tib, murojaat natijasini shaxsan so'rab borgan fuqaroga inspektor qisqagina qilib “Hech qanday huquqbuzarlik aniqlanmagani uchun ish yopilgan”, degan. Mazkur holatning o'ziyoq “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablari buzilgan bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi.
Qonunga ko'ra, har bir murojaat o'z vaqtida ko'rib chiqilishi va natijasi haqida murojaat etuvchiga yozma yoki elektron shaklda xabar qilinishi shart.
Fuqaro mazkur holat yuzasidan qonuniy tartibda 102 raqamiga qayta murojaat qilib, xizmat tekshiruvi o'tkazilishini so'raydi. Biroq eng hayratlanarli jihati shundaki, atigi 10 daqiqa o'tmay, shikoyat qilinayotgan inspektorning o'ziga mazkur shikoyat ijro uchun yuborilgan.
Amaldagi qonunchilikka ko'ra, qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organ yoki mansabdor shaxsga bunday murojaatni ko'rib chiqish uchun yuborish qat'iyan taqiqlangan.
Fuqaroga bu holat yuzasidan e'tiroz bildirib qo'ng'iroq qilgan xodim vaziyatni tushuntirish o'rniga ovozini ko'tarib, asabiylashgan xolda telefonni qo'yib qo'ygan.
Mazkur holat bo'yicha tuman IIB mas'ullarining aralashuvi esa mojaroni yanada chuqurlashtirgan. Xususan, Qo'shtepa tuman IIB profilaktika inspektorlari boshlig'i Bobosher Karimov bilan bo'lgan telefon muloqoti davomida fuqaroga nisbatan quyidagicha bosimlar qilingani aytiladi. Men bilan hazillashmang, bo'lmasa kuningizni ko'rsataman» qabilidagi tahdidlar Fuqaroni layk, podpischik yig'ishda hamda «vatanparvar emaslik»da ayblash Eng ta'sirli va og'riqli nuqta “Boshqa tinch davlatga chiqib ketib yashang”degan mazmundagi da'vatlar.
o'z huquqini va qonun ustuvorligini talab qilgan fuqaroga o'z Vatanini tark etishni maslahat berish qaysi kasb odobiga yoki davlat xizmatchisining vakolatiga kiradi? Mas'ul shaxs bu gapi bilan O'zbekistonni notinch davlat sifatida tavsiflayaptimi yoki tanqid qilgan fuqaroni haydab yuborish mumkin deb hisoblayaptimi?

Muallif
Otabek XoliqovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.