Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Amirning Afg'onistonga o'tishi jon saqlash emas, xorijiy banklardagi milliardlab davlat mulkini qizil imperiyadan asrab qolish bo'lgan. U vasiyatida barcha omonatlarni O'zbekiston xalqiniki deb yozdirgan.

Buxoroning so'nggi hukmdori Amir Olimxon shaxsiyati uzoq yillar davomida sovet tarixchilari tomonidan tizimli ravishda qoralab kelindi. “Xalq boyligini tonnalarcha oltin qilib olib qochdi”, degan yolg'on mafkura avlodlar ongiga singdirildi.
(https://eu2.contabostorage.com/f28717bc1993479e82dec860142f43da:ferganamedia/uploads/images/img_9378-321ff154-8d1c-496c-ab50-75025c7820e6.jpeg)
Biroq, yaqinda Amir Olimxonning nabirasi bergan intervyu tarixning eng qorong'i sahifalariga oydinlik kiritdi va sovet propagandasini butunlay chilparchin qildi.
Nabirasi oshkor qilgan faktlar har bir o'zbek o'g'lonining qalbini titratishi tabiiy.ferganamedia/uploads/images/img_9386-e4cd3c94-54e1-44a7-943b-dbb766ad57ef.jpeg)
Amir chegarani birdaniga tark etmagan!
Ko'pchilik Amir Buxoro bombalangach, o'sha kuniyoq Afg'onistonga qochib ketgan deb o'ylaydi. Aslida esa unday emas. Nabirasining ta'kidlashicha, Amir Olimxon O'zbekiston hududini birdaniga tark etmagan.

U qizil askarlarga qarshi naq 7 oy davomida matonat bilan jang olib borgan.
Ammo samolyotlar va eng zamonaviy qurollar bilan qurollangan bosqinchi imperiyaga qarshi kurashish uchun vaqt o'tishi bilan Amirning imkoniyatlari tugaydi. Jangchilarni ushlab turish, ularni qurol-yarog' va oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun pul mablag'i qolmaydi, askarlarning tinkasi quriydi. Faqatgina mablag' va qurol mutlaqo tugagach, u Afg'oniston hukmdorining taklifini qabul qilishga majbur bo'ladi.

Qochish emas, buyuk majburiyat va missiya edi
Amir Olimxonning Afg'onistonga o'tishi shunchaki jon saqlash emas, balki uning zimmasidagi ulkan tarixiy missiya va majburiyat bilan bog'liq edi. Amir yaxshi bilardi agar u shu erda halok bo'lsa, Buxoro davlatining xorijiy banklardagi barcha milliardlab moddiy boyliklari, oltinlari egasiz qolib, chet davlatlarning cho'ntagiga tushib ketardi.

Uning zimmasida xalqaro huquq asosida bu boyliklarni saqlab qolish vasiyati va majburiyati bor edi. U Afg'onistonga mana shu ulkan boylikning qonuniy kaliti va egasi sifatida, kelajakda uni o'z xalqiga qaytarish strategiyasi bilan o'tgan edi.
Eng alamli haqiqat shundaki Milliardlar egasi davolanishga pul topolmay vafot etgan
Sovet mafkurasi “tonnalarcha oltin bilan qochdi” deb uqtirgan hukmdor

musofirchilikda qanday yashadi? Nabirasining guvohlik berishicha, Amir Olimxon Kobulda o'ta og'ir sharoitda, haqiqiy qashshoqlikda kun kechirgan. Hatto umrining oxirida og'ir kasal bo'lib qolganida, davolanishi uchun etarli mablag' topilmagani sababli vafot etgan!
Tasavvur qilyapsizmi? Chet el banklarida milliardlab omonatlari bo'lgan odam, o'z shaxsiy sog'lig'i uchun bir tiyin ham ishlata olmagan.

Chunki u davlat va xalq mulkiga xiyonat qilmagan, u pullarni o'z ehtiyojlari uchun ishlatishni or bilgan. Vatanni tark etayotganda esa uning yonida faqat bitta juldir kiyim va ichida hukmdorlik toji bo'lgan bittagina sandiq bo'lgan, xolos. Bugun Amir Olimxonning avlodlari bobolariga xos oliyjanoblik va kengfeillikni davom ettirishmoqda. Intervyuda nabirasi qat'iy qilib aytdi Jahon banki va chet el moliya tizimlarida turgan bu milliardlab mablag'lar bizga, ya'ni Amir avlodlariga kerak emas. Bu pullar, bu tillalar o'zbek xalqiniki!”

Bugungi kunda Amirning avlodlari tomonidan tegishli tashkilotlarga ikki marotaba rasmiy so'rov (zapros) yuborilgan. Agar Amirning vasiyatiga binoan uning xoki Kobuldan Buxoroga ko'chirilsa, O'zbekiston xalqaro huquq bo'yicha Jahon bankidagi barcha milliardlab omonatlarni olishga to'laqonli huquqiy asosga ega bo'ladi.
Amir Olimxon xoin ham, baxil boy ham bo'lmagan. U 7 oy davomida qizil bosqinchilarga qarshi qon to'kkan, Vatanining haqqini chet el banklarida asrash uchun musofirlikda davolanishga pul topmay, ko'zida yosh va sog'inch bilan vafot etgan fojiaviy va buyuk Sarkardadir.

Endigi vazifa ushbu tarixiy haqiqatni tan olish, Amirning vasiyatini bajarib, uni tug'ilgan tuprog'iga qaytarish va uning qoni evaziga asrab qolingan milliardlab xazinalarni qonuniy egasi

O'zbekiston xalqiga qaytarishdir!

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.