Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Қачондан бери бир миллат вакили бошқа миллат вакилидан устун ёки кам ҳисобланади? Сўз эркинлиги билан бир қаторда инсон шаъни, қадр-қиммати ва миллатлараро тотувликни ҳимоя қилиш ҳам муҳим ҳуқуқий тамойилдир.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha jamoatchilik o'rtasida turli fikir va munosabatlarga sabab bo'lmoqda.
siddiqalar_onasi kanalidan olingan lavxa
Ayrim shaxslarning xatti-harakatlarini butun bir millat vakillariga nisbatan umumlashtirish jamiyatda noto'g'ri tasavvurlar paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin !
Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan materiallarda millat, irq, etnik mansublik yoki boshqa belgilar asosida insonlarni bir-biridan ustun yoki past qo'yishga olib keluvchi ifodalardan ehtiyot bo'lish muhim.
O'zbekiston Konstitusiyasida inson va fuqarolarning tengligi hamda ularning huquq va erkinliklarini ta'minlashning asosiy kafolatlari belgilangan.
Shu sababli videoda aytilgan fikrlar fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatiga daxl qilgan-qilmagani, muayyan millatga nisbatan salbiy munosabat yoki adovatni shakllantirishga qaratilgan-qaratilmagani huquqiy jihatdan alohida o'rganilishi lozim.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-moddasida milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansublikka qarab aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy sha'n-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan. (LEX.UZ)
Biroq muayyan videodagi so'z yoki iboraning ushbu norma doirasiga tushishi-tushmasligi avtomatik tarzda emas, balki uning mazmuni, konteksti, maqsadi, tarqatilish usuli va boshqa holatlar kompleks ravishda o'rganilganidan keyin belgilanadi.
Shu nuqtai nazardan, mazkur videoga nisbatan yakuniy huquqiy xulosani jurnalist yoki ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi emas, balki vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda zarur hollarda tegishli ekspertlar berishi maqsadga muvofiq.
Shu bois videoda bildirilgan fikrlar jamoat tartibiga, fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarga yoki muayyan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi-yo'qmi, degan masala ham vakolatli organlar tomonidan xolisona baholanishi lozim.
Mazkur holat yuzasidan eng to'g'ri yondashuv videoda aytilgan har bir muhim iborani kontekstdan uzib olmasdan, videoning to'liq mazmuni bilan birgalikda o'rganishdir.
videoning tarqatilishi natijasida muayyan shaxslar yoki millat vakillarining sha'ni, qadr-qimmati va qonuniy manfaatlariga daxl qilingan-qilinmagani aniqlanishi;
Shu munosabat bilan mazkur videolavha yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilinib, holatni qonunchilikda belgilangan tartibda o'rganish so'raladi.
Shuningdek, internet makonida tarqatilayotgan materiallar yuzasidan vakolati doirasida Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi e'tiborini qaratish maqsadga muvofiq.
Murojaatda biror shaxsni oldindan aybdor deb topish emas, balki videoda bildirilgan fikrlarga xolis huquqiy baho berish, zarur ekspertizalarni o'tkazish va qonun buzilishi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda chora ko'rish so'raladi.
So'z erkinligi demokratik jamiyatning muhim qadriyati. Biroq so'z erkinligi boshqa shaxslarning huquq va erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmati hamda jamiyatdagi tinchlik va totuvlikni ta'minlash talablari bilan birga amalga oshiriladi.
Shu bois mazkur videolavha yuzasidan xolis, shaffof va qonun doirasida tekshiruv o'tkazilishi jamoatchilikda paydo bo'lgan savollarga oydinlik kiritishi mumkin.
Muallif
ModeratorIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.