Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Fargʻonada oʻtkazilgan Media haftaligi doirasida jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblari uchun zamonaviy media, sunʼiy intellekt, SMM hamda axborot sohasidagi ochiqlik masalalariga bagʻishlangan maxsus treninglar tashkil etildi.

O'zA lavxasi
Bugun Farg'ona viloyati Eko shahar hududiga qarashli Ekspo sentrda Media haftalik doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari blogerlar hamda viloyatdagi barcha tashkilotlar matbuot kotiblari ishtirokida maxsus trening tashkil etildi

Doniyor Soliev
Tadbir davomida Prezident administrasiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazi bosh mutaxassisi Doniyor Soliev ishtirokchilarga matbuot kotibining haqiqiy vazifalari haqida batafsil tushunchalar berdi

Uning ta'kidlashicha axborot xizmati rahbari tashkilot rahbarining advokati yoki korrupsion holatlarni yashirib yuradigan sherigi emas Axborot xizmati rahbari ommaviy axborot vositalari bilan tizimli ishlaydigan tashkilot va jamoatchilik o'rtasidagi muhim ko'prik hisoblanadi

Treningda matbuot kotiblari uchun asosiy vazifa tanqid yoki muammoni yashirish emas balki jurnalist yoki bloger yoritishidan avval muammoning o'ziga e'tibor qaratib uni ochiq yoritish ekanligi ta'kidlandi Shuningdek bunday yondashuv faoliyat samaradorligini oshirishi va yuqori baholanishiga ham sabab bo'lishi aytildi
Shundan so'ng ishtirokchilarga axborot sohasini tartibga soluvchi qonunlar ochiqlik tamoyillari hamda axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari haqida qiziqarli ma'ruzalar o'qildi O'zaro fikr almashuvlar tashkil etildi

Parallel ravishda blogerlar uchun ham zamonaviy media va sun'iy intellekt texnologiyalari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi

Trener Jaloliddin Mirzaevning ta'kidlashicha bugun media sohasi juda tez o'zgarmoqda va sun'iy intellekt asosidagi yangi platformalar blogerlar va kontent yaratuvchilar uchun katta imkoniyatlar ochmoqda

Uning so'zlariga ko'ra ko'pchilik texnologiyalar haqida eshitgan bo'lsada ulardan samarali foydalanish yo'llari hali etarlicha o'rganilmagan Kontent markazi tomonidan aynan shu yo'nalishda yangi tizimlar va amaliy yondashuvlar ishlab chiqilgan

Tadbirda yoshlarga feyk xabarlarni aniqlash SMM mobilografiya hamda blogerlik sohasidagi bilimlarni oshirish bo'yicha ham muhim tushunchalar berildi Shuningdek Farg'onada tashkil etilgan bepul media kurslari haqida ma'lumotlar taqdim qilindi

Jaloliddin Mirzaevning aytishicha Vaynerlik va blogerlikka ixtisoslashgan Debyut klubi hamda Aura uz platformasi tashkil etilgan bo'lib unda O'zbekistonning turli hududlari haqida sifatli foto va videomateriallar jamlangan Barcha kontentlardan bepul foydalanish imkoniyati yaratilgan

Ertaga Media haftalik doirasida SMM va mobilografiyaga qiziquvchi yoshlar uchun maxsus amaliy mashg'ulotlar tashkil etilishi kutilmoqda

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.