Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Farg'ona shahridagi «Ma'shal» mahalla fuqarolar yig'inida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Unda mahalla faollari va nuroniylar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning millat va jamiyat taraqqiyoti yo'lidagi fidokorona mehnatlari alohida e'tirof etildi.

Bugun Farg'ona shahridagi “Ma'shal” mahalla fuqarolar yig'ini binosida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

“MFY” fuqorolari bilan “MFY” xodimlari
Unda mahallaning faol va nuroniy fuqarolari, jamoatchilik vakillari, shuningdek, hudud rivojiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan fidoyi insonlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanib, munosib e'tirof etildi.

taqdirlash marosimi jarayoni
Tadbir davomida “Ma'shal MFY raisi tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, xalq manfaatlariga qaratilgan oqilona siyosat hamda yurtimiz taraqqiyoti va aholi farovonligini ta'minlash borasidagi ulkan sa'y-harakatlar alohida ta'kidlandi.

“Mash'al” MFY raisi o'z nutqida yurtimizning jahon miqyosidagi e'tirofiga alohida to'xtalib, AQShdagi voqelikni aynan davlatimiz rahbarining fidokorona mehnatlari Davlatimiz rahbarining tinimsiz mehnatlari va oqilona siyosati tufayli bugun AQShning yirik shaharlaridan biri Sietlda 1 sentyabr rasman O'zbekiston Mustaqilligi kuni deb e'lon qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Miromonovich
Bu Prezidentimizning kechani kecha, kunduzni kunduz demay, oromdan kechib, yurtimizni butun dunyoga tanitish yo'lida olib borayotgan sa'y-harakatlarining yorqin amaliy natijasidir deya takidlab o'tildi.

(Uzbekistan Independence Day) O'zbekiston Mustaqilligi kuni
Shuningdek, mahalla institutini yanada rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, hududlarda obodlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikrlar bildirildi.

Bayramona ruhda o'tgan tadbir ishtirokchilarda yurtimiz mustaqilligi va tinchligining qadrini yana bir bor his etish, Vatan taraqqiyotiga daxldorlik tuyg'usini mustahkamlash bilan birga, iliq taassurot qoldirdi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.