Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

O'zbekistonda “ko'chavoylarning qonunlari”ga o'rin qolmagani, qonun ustuvorligi ta'minlanayotgan bir paytda Qo'qon shahrida OAV vakiliga nisbatan qilingan tahdid jamoatchilikni jiddiy o'ylantirmoqda. Nahotki ayrimlar hali ham o'zini qonundan ustun qo'yib, tahdid va bosim orqali muammolarni hal qilishga urinayotgan bo'lsa?

So'z erkinligi va jurnalistlar xavfsizligi har qanday huquqiy davlatning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Ammo Farg'ona viloyatining Qo'qon shahrida yuz bergan holat jamoatchilikda jiddiy xavotir uyg'otmoqda.
Ma'lum qilinishicha, «Xalq dardi» ommaviy axborot vositasi asoschisi Saidjonov Akmaljonga nisbatan «quqon_house» nomi ostida uy savdosi bilan shug'ullanib kelgan shaxs tomonidan audioyozuv orqali o'lim bilan tahdid qilingani, xususan, «pishirib yuborish» kabi iboralar ishlatilgani, shuningdek turli bosimlar o'tkazilgani aytilmoqda.
Agar mazkur audioyozuv haqiqiy bo'lsa va undagi tahdidlar tasdig'ini topsa, bu nafaqat bir jurnalistga nisbatan bosim, balki so'z erkinligiga qarshi qaratilgan jiddiy holat sifatida huquqiy baholanishi lozim.
Shu munosabat bilan Farg'ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan ushbu holatni alohida nazoratga olishni, audioyozuvdagi tahdidlarga huquqiy baho berishni, barcha holatlarni xolisona o'rganishni hamda qonun talablariga muvofiq aybdor shaxsga nisbatan tegishli choralar ko'rishni so'raymiz.
Bugun Farg'ona viloyatida jinoyatchilikka qarshi keskin kurash olib borilayotgan bir paytda jamoatchilikni bir savol o'ylantirmoqda?! Qo'qonda hali ham «ko'cha qonunlari» ustunmi? yoki qonun ustuvorligimi?
Ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rasmiy munosabati va qonuniy choralari nafaqat bir jurnalistning xavfsizligi, balki so'z erkinligi va qonun ustuvorligiga bo'lgan ishonch uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Muallif
ModeratorIzohlar yo'q.