Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Фарғона тумани ҳокими Нодиржон ака, сиз Халқ депутатлари Кенгаши раиси эмассиз. Сиз Кенгаш олдида ҳисобот берувчи ижро ҳокимияти раҳбарисиз. Ислоҳотлар нафақат қонунларда, балки амалий фаолиятда ҳам кўриниши керак!
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Farg'ona tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi
Rasmlar

Farg'ona tumani Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasidan tarqalgan bir surat ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Suratning o'ziyoq muhim bir savolni kun tartibiga olib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqdagi “material”
hokimlar haqiqatdan ham Kengashdan ajratildimi yoki bu islohot hali ham ayrim joylarda faqat qog'ozda qolmoqdami? Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilgan islohotlar natijasida hokimlarning Xalq deputatlari Kengashiga raislik qilishiga chek qo'yildi.

@@caption(VII ChAQRIQ 25-SESSIYaSI) Bu o'zgarishning asosiy maqsadi ijro hokimiyati bilan vakillik hokimiyati o'rtasidagi vakolatlarni aniq ajratish, Kengash mustaqilligini ta'minlash va deputatlik nazoratini kuchaytirishdan iborat edi.

Farg'ona tuman hokimi Nodirjon Mashrapov
Endi hokim Kengash raisi emas. Endi u Kengash oldida hisobot beruvchi mansabdor. Deputatlar esa uning faoliyati ustidan nazorat o'rnatishi kerak.

Farg'ona tuman deputatlar kengash a'zolari
Ammo Farg'ona tumanidagi mazkur sessiyadan olingan surat bu islohotlarning amaliy ifodasi qanday ekani haqida savol uyg'otmoqda.

Tik turgan Farg'ona tuman kengash raisi xokim oldida
Suratda Kengash raisi tik turgan holda hokimning ma'ruzasini tinglayotgani, hokim esa prezidiumning asosiy o'rnida o'tirganini ko'rish mumkin.
Albatta, bitta suratga qarab keskin huquqiy xulosa chiqarish to'g'ri emas. Lekin davlat boshqaruvida tashqi ko'rinish, protokol va munosabatlar ham juda katta ramziy ahamiyatga ega.
Chunki aynan shunday holatlar orqali qonunning amalda qanday ishlayotgani namoyon bo'ladi. Agar Kengash mustaqil organ bo'lsa, bu mustaqillik nafaqat hujjatlarda, balki sessiyalarni o'tkazish tartibida, rahbarlarning o'rnida va munosabatlarida ham ko'rinishi lozim. Aks holda jamiyatda tabiiy savol paydo bo'ladi qonun o'zgargan bo'lsa-da, fikrlash tarzi ham o'zgarganmi?
Yoki eski ma'muriy boshqaruv uslubi hali ham saqlanib qolganmi? Farg'ona tumani hokimi Nodirjon aka yaqinda lavozimga tayinlangan. Balki bu holat avvalgi amaliyotning inersiyasidir? Balki protokolga etarlicha e'tibor berilmagandir.
Biroq har qanday holatda ham davlat boshqaruvida qonunning ruhi va mazmuniga rioya qilish birinchi navbatda rahbarlarning o'zi uchun majburiyat bo'lishi kerak.
Chunki islohotning haqiqiy natijasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ularning amalda qanday bajarilayotgani bilan o'lchanadi. Shu bois Farg'ona tumanidagi ushbu holatga mas'ullar izoh berishi maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Zero, agar hokimlar endi Kengash raisi bo'lmasa, bu holat sessiya zalining o'zida ham yaqqol ko'rinishi shart. Aks holda «hokimlar Kengashdan ajratildi» degan muhim islohot jamiyat ko'zida qog'ozda yozilgan qoida sifatida qabul qilinishi xavfi paydo bo'ladi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.