Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Аввалроқ сайтимизда Марғилoн шаҳрида ўтказилган «Карате Комбат» жанг санъати мусобақаси, унинг ташкилий жараёнлари, хорижлик спортчиларнинг эътирозлари ҳамда тиббий назорат масалалари юзасидан танқидий мақола эълон қилинган эди. Жамоатчилик ўртасида турли муҳокамаларга сабаб бўлган мазкур ҳолат юзасидан федерация раҳбарияти тезкорлик билан муносабат билдириб, таҳририятимиз билан алоқага чиқди.

Karate Kombat» federasiyasi rahbari Mo'ydin Sabirovich tahririyat xodimlariga musobaqaning qonuniy asoslarini tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarni taqdim etdi.
“Karate kombat” federasiya raxbari Mo'ydin Sabirov
Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, tadbirni o'tkazilish jarayonlari va tegishli idoralarning ruxsatnomalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgani ma'lum bo'ldi.
Maqolada ko'tarilgan asosiy savollardan biri xorijlik mehmonlar va sportchilarning salomatligi hamda tibbiy ko'rikdan o'tganlik masalasi edi. Federasiya rahbariyati tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va tushuntirishlarga ko'ra, barcha ishtirokchilar belgilangan tartibda tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan. Shuningdek, sanitariya-epidemiologiya talablari va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tegishli mas'ullar tomonidan nazorat ta'minlangan.
Musobaqadagi video murojaat
Musobaqa davomida Tojikistondan kelgan mehmonlar va sportchilarning noroziligi jamoatchilikda turli savollarni tug'dirgan edi. O'rganishlar davomida ma'lum bo'lishicha, xorijlik sportchilarning murabbiyi sport jarayonidagi qizg'in va emosional vaziyat ta'sirida ba'zi fikrlarni bildirib yuborgan.
Tojikiston “Karate kombat” federasiyasi raxbari
Federasiyaga taqdim etilgan videomurojaatda tojikistonlik mehmonlarning hech qanday jiddiy e'tirozlari qolmagani, musobaqa o'z maromida o'tgani va yuzaga kelgan tushunmovchiliklar bartaraf etilgani o'z tasdig'ini topdi.
Muallif
ModeratorIzohlar yo'q.