Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
O'zbekiston mehnat bozorida "majburiy mexnat “ tugatilgani haqida bong urayotgan bir paytda, Farg'ona viloyati Ekologiya boshqarmasida Prezident farmoni ochiqchasiga oyoqosti qilinmoqdami? Xalq orasida "Tungi qo'ng'iroqlar qiroli"ga aylangan yangi rahbarning amri davlat qonunlaridan ustunmi? Ramazonning muborak kunlarida xodimlarni uyqusidan uyg'otib, dam olish kunida majburiy ishga jalb qilishning orqasida qanday manfaat yotibdi? Biz ushbu maqolada tizimdagi qo'rqinchli "o'zboshimchalik" pardasini ko'taramiz. Majlisdagi "maxfiy" rejalar Jarimabozlik va majburiy mehnat

Bugun mamlakatimizda muborak Ramazon oyi kezmoqda. Xalqimiz ro'za tutib, ibodat bilan band bo'lgan, bayram kunlarini oilasi davrasida o'tkazishni rejalashtirgan bir paytda, ayrim rahbarlarning «eski tos, eski hammom» qabilida ish tutayotgani jamoatchilikning keskin e'tiroziga sabab bo'lmoqda.
Qonun hamma uchun barobar emasmi?
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi PF-257-sonli Farmoni bilan 2026 yilgi dam olish kunlari aniq belgilab qo'yilgan edi. Unga ko'ra, 8 mart Xotin-qizlar kuni yakshanbaga to'g'ri kelgani bois, Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan 9 mart dushanba dam olish kuni deb e'lon qilingan.
Biroq, Farg'ona viloyati Ekologiya boshqarmasining yangi rahbari uchun Prezident farmoni ham, Mehnat kodeksi ham ikkinchi darajalidek go'yo. To'qqizda boshlangan «Tungi buyruq» va majburiy yig'ilish
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, 8 mart kuni iftordan so'ng taxminan tungi 20:00-21:00 larda, hamma bayram kayfiyatida bo'lgan bir paytda, Farg'ona viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig'i kadrlar bo'limiga «jangovar» topshiriq berganini bilgan
Dam olish kunida o'tkazilgan ushbu «favqulodda» yig'ilishda yangragan topshiriqlar esa kishini yanada hayratga soladi Majburiy ravishda jarimalar miqdorini ko'paytirish va boshqa ajoyib topshiriqlarini eshitib
Savol tug'iladi Dam olish kunida xodimni ishga chaqirish uchun uning yozma roziligi va kasaba uyushmasining ruxsati olinganmi?
Bayram kuni ishlaganlik uchun ikki hissa haq to'lanishi kafolatlanganmi? Yoki yangi rahbar “Mehnat kodeksi men uchun shunchaki qog'oz” deb hisoblaydimi?
Ramazon oyida odamlarni saharlik va iftorlik orasida sarson qilish, dam olish huquqidan mahrum etish qaysi axloqiy va huquqiy mezonga to'g'ri keladi?
Vazirlik va Inspektsiya nega jim?
Ushbu holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Farg'ona viloyati mehnat inspektsiyasi rasmiy munosabat bildirishi shart!
Jamoatchilik quyidagi savollarga javob kutmoqda
Prezident farmoni bilan berilgan dam olish kunini bekor qilishga Farg'ona Ekologiya boshqarmasi boshlig'ining vakolati bormi?
Bayram kuni majburiy yig'ilishga chaqirilgan xodimlarning huquqlarini kim himoya qiladi?
Davlat idorasida “mardikor ishlatish va rejaviy jarima vozlik” topshiriqlari berilishi qanchalik qonuniy?
Prezident farmoni turgan joyda, undan ustun turadigan mahalliy “xonlarni”ning paydo bo'lishi islohotlar ildiziga bolta urish bilan barobar emasmi? Farg'ona viloyat ekologiyasidagi esa bu “o'zboshimchalik-ka bo'lsa” tegishli tashkilotlar tomonidan huquqiy bahosini olishi shart. Qonun ustuvor, jazo muqarrar bo'lishi kerak!

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.