Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Alon Mizrahi isroillik jurnalist, dunyodagi eng taniqli yahudiy ziyolilaridan biri shunday deydi: «Biz tarixiy voqealarga guvoh bo'lyapmiz. Eron hammani hayratga soladigan tarzda Amerika harbiy bazalarini shunchalik keng ko'lamda, shunchalik katta miqyosda va shunchalik qat'iyat bilan yo'q qilmoqdaki, dunyo bunga tayyor emas. Eron atigi 4 kun ichida mintaqadagi harbiy ustunlik hududini kengaytirishga muvaffaq bo'ldi. Eron dunyodagi eng qimmat va eng qimmatbaho harbiy bazalarni, mulklarni va harbiy texnikalarni yo'q qildi. Bahrayn, Quvayt, Qatar va Saudiya Arabistonidagi Amerika bazalari butun dunyodagi eng katta harbiy inshootlar qatoriga kiradi.

Bu inshootlarni qurish uchun o'nlab yillar davomida trillionlab dollar sarflangan. 30 yildan ortiq vaqt davomida qilingan harbiy xarajatlarning katta qismi behuda ketgani haqida gap ketmoqda.
Yuz millionlab dollar qiymatiga ega radarlar bir zumda yo'q qilinayotganini ko'ryapmiz. Barcha harbiy bazalar tashlab ketilganini, yoqib yuborilganini, talon-taroj qilinganini va yo'q qilinganini ko'ryapmiz. Va sizga aytamanki, men bilganimcha, Pyorl-Xarbor hujumidan tashqari, AQSh butun tarixi davomida bunday vayronagarchilikni boshdan kechirmagan. Ammo u faqat bir hujum edi.
An'anaviy urushda hech bir dushman hozir Eron Amerika harbiy kuchlariga qilayotgan ishni qilmagan. Bu ishga ishonish qiyin. Harbiy vaziyat shunchalik jiddiyki, tsenzura bu urush haqidagi deyarli barcha yangi ma'lumotlarni to'sib qo'ymoqda. Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, kundan-kunga kamroq ma'lumot olayapmiz.
O'ttiz besh yil oldin, birinchi Iroq urushi paytida, Iroqdan sanoqsiz videolarni ko'rardik. O'shanda “aqlli bombalar” va kameralar yangi texnologiya edi, ammo har kecha tungi hujumlarning videolari ko'rsatiladigan. Hozir esa deyarli hech qanday video yo'q.
Shuni tushuning! Go'yoki dunyodagi eng katta harbiy kuchga ega, dunyodagi eng katta havo kuchlariga ega davlat haqida gap ketyapti. Va AQSh Eron mudofaasini buzganining go'yo to'rtinchi kuni bo'la turib, Eron osmonida Amerika ustunligiga doir hech qanday belgi ko'rinmayapti. Tehron yoki Eronning boshqa hududlari ustidan uchib yurgan samolyotlarimizning videolari qaerda?
Amerika askarlari Eron hududiga qadam qo'yishni hatto xayol ham qila olmayapti. Bu urush qanchalik umidsiz ekanini tushunish uchun, to'rtinchi kunning o'zidayoq Tramp ma'muriyatidan eng aqlga sig'maydigan takliflar va g'oyalarni eshityapmiz.
Masalan, Fors ko'rfazidan chiqib ketayotgan neft tankerlariga harbiy kuzatuv berishni taklif qilishyapti. Nima deyyapsizlar siz!? Minglab Eron raketalari yo'q qilish hududiga Amerika kemalarini yuborishni istayapsizlarmi? Hozirgi paytda Hurmuz bo'g'ozidan hech kim o'ta olmayapti.
Eronliklar bunga o'nlab yillar davomida tayyorgarlik ko'rishgan. Ayrimlar kurd militsiyalarini qurollantirib, Eronni bosib olish g'oyasini ochiqcha aytyapti. Nima deyyapsizlar siz!? Eron xaritasini ko'rganmisiz? Ko'rinishicha, Tramp ma'muriyati Eron xaritasini hech qachon ko'rmagan! U qanchalik katta ekanini bilasizmi?
Eronni bosib olish nima degani!? 10 ming kishilik militsiya Eronni bosib oladi deb o'ylayapsizlarmi? Yoki 50 ming? Yoki 100 ming? Eron ularni yutib yuboradi.
AQSh va Isroil bu urushni allaqachon yutqizib qo'ygan. Ular millionlab tinch aholini uylarida o'ldirishi mumkin. Ular kuchli bombalarga ega va binolarni portlatishi mumkin. Ammo bu urushda g'alaba qozona olmaydi.
Eronning harbiy infratuzilmasi va qurollari mamlakatning turli hududlarida, er ostida chuqur joylashgan. Amerikaliklar ham, ayniqsa isroilliklar ham ularga etib borish imkoniga ega emas.
Ular juda yomon ahvolda. Boshlagan ishlarini tugatish imkoniyatlari yo'q.
Bu barchasi tugaganda, AQSh hech qachon G'arbiy Osiyoga qaytmaydi. Yaqin Sharqda Amerika harbiy mavjudligi qolmaydi. Buni sizga hozirdan aniq aytib qo'yaman».
Alon Mizrahi - Isroillik jurnalist

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.