Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Фарғонада ўтказилган навбатдаги оммавий қабул чинакам очиқ мулоқот майдонига айланиб, фуқароларнинг муаммолари жойида ўз ечимини топди. Хусусан, масъул раҳбарларнинг ҳар бир мурожаатга қонуний ёндашиб, уларни шахсий назоратга олгани халқнинг давлатга бўлган ишончини янада мустаҳкамлади.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg'ona viloyatidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i Ayubxon Raxmatulaev

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg'ona viloyatidagi Xalq qabulxonasida
Shuningdek Farg'ona viloyati Ekologiya, atrof- muxitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi boshlig'i Ahmedov Alisher Yusufjono'g'li xam qatnashdi. O'tkazilgan navbatdagi qabul chinakam ma'noda odamlarga boy, muammolar echimiga qaratilgan ochiq muloqot maydoniga aylandi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi boshlig'i
Aholi bilan doimo bir maromda, hamnafas bo'lib ishlashni odat qilgan Farg'ona viloyati hokimi kelgan har bir fuqaroning dardini tinglab, muammosini o'z vaqtida bartaraf etish choralarini ko'rdi.

Farg'ona viloyat xokimi Xayrullo Bozorov
Huquqiy tushuntirish berish zarur bo'lgan masalalar esa qanoatlantirilib, alohida nazoratga olindi.
Bugungi uchrashuvlarning yana bir muhim jihati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlarining ham faol ishtiroki bo'ldi. Xususan, Farg'ona viloyati prokurori Baxtiyor Ismoilov ko'plab fuqarolarning murojaatlariga joyida huquqiy baho berib, tergov-nazorat ishlarini maromiga etkazgan holda ko'plab og'riqli masalalarning echimi topilishini ta'minladi.

Farg'ona viloyati prokurori Baxtiyor Ismoilov
Tan olish kerak, so'nggi uch yil davomida viloyat prokuraturasi tomonidan aholi huquqlarini himoya qilish yo'lida amalga oshirilgan salmoqli mehnatlar ko'lami juda keng va buni odamlarning o'zlari ham e'tirof etmoqda.

Axolini qabul jarayonlari
Shuningdek, qabul jarayonidagi yana bir e'tiborli jihat

Farg'ona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi boshlig'i
Farg'ona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi boshlig'i Ahmedov Alisher Yusufjon o'g'lining murojaatchilarga yondashuvi bo'ldi. U kelgan fuqarolar bilan hushmuomala bo'lib, har bir masalaga qonuniy-huquqiy nuqtai nazardan yondoshdi va barcha murojaatlarni shaxsiy nazoratiga oldi.

Aholi bilan muloqot chog'ida ekologik barqarorlikni ta'minlash, tabiatni asrash bo'yicha kechiktirib bo'lmas choralar ko'rilishini ta'kidlab, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar ijrosini ta'minlashga doimo shay ekanini amalda ko'rsatdi.
Ha, hayot haqiqati yana bir bor o'z isbotini topdi “Yangi kadr yangi qon” deganlari bejizga emas ekan. Bugun viloyatda rahbarlik lavozimlariga tayinlanayotgan shijoatli, xalq dardi bilan yashaydigan yangi avlod rahbarlari davlat siyosatining mazmun-mohiyatini amalda ta'minlamoqda. Bu kabi uchrashuvlar esa xalqimizning ertangi kunga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.