Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Importchilar Reestrga kirish osonlashadi, rasmiy shartnoma asosida brend olib kirish imkoniyati kengayadi Savdo vakillari va distribyutorlar Yangi brendlar bilan ishlash imkoniyati paydo bo'ladi. Iste'molchilar Sifatli mahsulotlar tanlovi ortib, raqobat sababli narxlar barqarorlashadi. Investorlar O'zbekiston bozori xalqaro brendlar uchun ochiqligini yana bir bor namoyon etmoqda. Bu qaror hukumatning bozor iqtisodiyotiga o'tishdagi qat'iyati, savdo infratuzilmasini ochiqlash va investorlar uchun prognozlash mumkin bo'lgan muhit yaratish yo'lidagi navbatdagi qadamidir.

O'zbekiston brendlar bozorida eshiklarni keng ochmoqda Yangi qaror nima degani? 3 yil kut, 5 yil emas Xalqaro brendlar uchun O'zbekiston bozoridagi navbatdagi engillik 8 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan №506-sonli qaror nafaqat texnik hujjat, balki mamlakatning tashqi savdo siyosatdagi navbatdagi signalidir: “Brendlarga to'siqlar kamaymoqda, bozor ochilmoqda”.
Bu qaror O'zbekiston Prezidentining 2022 yildagi “aholini xalqaro brendlar mahsulotlari bilan ta'minlash va mahalliy korxonalarni global qiymat zanjirlariga qo'shish”ga doir topshiriqlari ijrosini ta'minlash doirasida qabul qilindi.
Xalqaro brend mahsulotlarini to'g'ridan-to'g'ri shartnoma asosida import qiluvchi kompaniyalar maxsus reestrga kiritiladi. Ilgari bu reestrga kirish uchun brend mahsulotlari bozorda kamida 5 yil mavjud bo'lgani to'g'risida hujjat taqdim etilishi kerak edi.
Bu talab ko'plab yangi, lekin innovatsion brendlarning O'zbekiston bozoriga kirishini to'sib Endilikda ushbu talab 3 yilgacha tushirildi. Ya'ni, brend kamida 3 yildan beri xalqaro bozorda faoliyat yuritgan bo'lsa, uning mahsulotlari O'zbekistonga rasmiy distribyutorlar, ishlab chiqaruvchilar yoki vakolatli dilerlar orqali olib kirilishi mumkin bo'ladi. Bu o'zgarish yangi brendlar, startaplar va tez o'suvchi kompaniyalar uchun ulkan imkoniyat yaratadi. Yangi qarorda xalqaro brend mahsulotlari kamida ikkita mintaqada (Shimoliy Amerika, Evropa, Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyo) chakana savdo tarmoqlarida mavjud bo'lishi talab qilinadi. Bu brendning chindan ham xalqaro darajada ekanini tasdiqlaydi.
Importchilar Reestrga kirish osonlashadi, rasmiy shartnoma asosida brend olib kirish imkoniyati kengayadi Savdo vakillari va distribyutorlar: Yangi brendlar bilan ishlash imkoniyati paydo bo'ladi. Iste'molchilar Sifatli mahsulotlar tanlovi ortib, raqobat sababli narxlar barqarorlashadi. Investorlar O'zbekiston bozori xalqaro brendlar uchun ochiqligini yana bir bor namoyon etmoqda. Bu qaror hukumatning bozor iqtisodiyotiga o'tishdagi qat'iyati, savdo infratuzilmasini ochiqlash va investorlar uchun prognozlash mumkin bo'lgan muhit yaratish yo'lidagi navbatdagi qadamidir.
O'zbekiston o'zini “faqat yirik, eski brendlarga emas, balki zamonaviy va innovatsion ishlab chiqaruvchilarga ham ochiq mamlakat” sifatida ko'rsatmoqda.
8 avgustda qabul qilingan №506-son qaror tashqi savdo sohasidagi texnik o'zgarish emas, balki siyosiy-iqtisodiy harakatlar zanjiridagi muhim bog'lanish. U mamlakatning xalqaro brendlar uchun ochiqligini, mahalliy bozorning raqobatbardoshligini va biznes muhitning liberallashishini tasdiqlaydi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.