Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Inson o'zini koinotning egasidek his qiladi biznes imperiyalari, xoldinglar, qimmatbaho mashinalar... U hamma narsani nazorat qilyapman deb o'ylaydi (Indeterminizm tuzog'i). Ammo u zamon va makonning eng temir qonuni Sababiyatni unutib qo'yadi. Birinchi eyilgan nohaq luqma tizimga kiritilgan bomba edi

Inson tuni bilan uxlamay rejalar tuzadi. Halol-haromning chegarasini buzib bo'lsa-da, pul topadi. Keyin o'sha pullarni farzandlariga ediradi, hashamatli uylar quradi, tagiga qimmatbaho avtomashinalar oladi. Vaqt o'tib, bu yutuqlar katta bir biznes imperiyasiga, xoldinglarga aylanadi. Tashqaridan qaraganda, u hayotning mutloq g'olibi.

Ammo kunlarning bir kunida zanjir uziladi. Avtomashina musodara qilinadi, biznes kasodga uchraydi, yillar davomida qurilgan ulkan xoldinglar xuddi kartoshkadan yasalgan uychadek bitta-bitta portlab, qulab tushadi. Eng oxirida esa umid bag'ishlab turgan uyi ham yonib, kul tepasiga aylanadi.

Inson dod soladi, taqdirdan noliydi, hammasini “falokat” yoki “omadsizlik”ka yo'yadi. Lekin bu chindan ham tasodifmi? Xuddi shu nuqtada falsafa va hayot qonunlari o'rtaga chiqadi.

Mantiq ilmida Deduksiya degan tushuncha bor umumiylikdan xususiylikka qarab xulosa chiqarish. Umumiy qonuniyat shunday Xech bir narsa o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi va yo'qolmaydi.
Agar biz bu fojiani deduktiv tahlil qilsak, eng birinchi zanjirga pulning topilish jarayoniga, ibtidoga qaytishimiz shart. Bu pullar qaerdan kelgan edi? Kimningdir haqi, etimning ko'z yoshi, sherikning haqiga qilingan xiyonat yoki pora evaziga kelganmidi?

Agar poydevorga qo'yilgan birinchi g'isht egri va harom bo'lsa, u ustiga qurilgan osmono'par binoning qulashi shunchaki vaqt masalasi. Buni inkor etib bo'lmaydi.

Teraktы 11 sentyabrya 2001 goda
Falsafaning eng temir qonuni Sababiyat (Kauzallik)dir. Har bir oqibatning ortida undan oldin sodir bo'lgan sabab turadi. Biz biznesning kasod bo'lishini, uyning yonishini “oqibat” sifatida ko'ramiz. Lekin ko'zga ko'rinmas “sabab” allaqachon ishlab bo'lgan edi.

O'sha inson ilk bor birovning haqini eganida, pullarni bolaga edirganida tizimga ilk “virus”ni kiritgan edi. Eyilgan luqma bolaning fe'l-atvorini buzdi, egri puldan kelgan mashina falokat chaqirdi, haromdan tiklangan imperiya o'z ichidan chirishni boshladi. Bu erda hech qanday mo''jiza yo'q bu qat'iy qonuniyat.

Pierre Simon Laplace

Pierre Simon Laplace
Fransuz olimi Per-Simon Laplas o'z davrida shunday g'oyani ilgari surgan Agar koinotdagi har bir atomning ayni damdagi tezligi va o'rnini biladigan aql bo'lsa, u kelajakni xuddi o'tmishdek aniq ko'ra oladi. Bu Mexanik determinizm deb ataladi.

Buni bizning qahramonimiz hayotiga ko'chirsak siz birinchi marta nohaqlik qilgan soniyangizdayoq, kelajakdagi imperiyangizning portlash nuqtasi va uyingiz yonadigan soat soniyasigacha aniq hisoblab qo'yilgan edi.

Biznesning kasod bo'lishi kutilmagan voqea emas, bu zanjirli reaksiyaning yakuniy nuqtasidir. Siz o'shandayoq o'z hukmingizga imzo chekkandingiz.

“Induksiya va Indeterminizm”So'nggi aldov
Nega inson vaqtida to'xtamaydi? Chunki u Indeterminizm tuzog'iga tushadi ya'ni “menga hech narsa bo'lmaydi, hamma narsa mening nazoratimda, tasodifan qutilib qoldim” deb o'ylaydi.
U Induksiya qonuni bilan yashaydi "Kecha ham harom edim o'lmadim, bugun ham edim mashina oldim, demak, ertaga ham esam, faqat boyib boraveraman" degan soxta umumiy xulosaga keladi. Biroq induksiya har doim ham 100 foizlik haqiqatni bermaydi. Bittagina “qora oqqush” kutilmagan zarba butun tizimni vayron qiladi.
Ey zamondosh, atrofingga boq. Bugun mashinasi musodara bo'layotganlar, uyi kuyib, biznesi kasodga uchrayotganlar shunchaki “omadsizlar” emas. Ular Sababiyat va Determinizm qonunining tirik qurbonlaridir.
Agar bugun topayotgan pulingning manbaini surishtirmasang, uning halolligini tekshirmasang, bilib qo'y sen qurgan imperiyaning portlash taymeri allaqachon ishga tushgan. Vaqt esa ketmoqda...

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.