Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
so'nggi kunlarda trendga chiqqan davlat gerbini o'zgartirish taklifining iqtisodiy va huquqiy oqibatlari chuqur tahlil qilinadi. Bugungi kundagi eng ustuvor masala ramzlarni yangilash emas, balki xalq farovonligi va ijtimoiy muammolar echimi ekani.

Қудратилла Рафиқов. Касаба уюшмалари федерацияси.
Bugun O'zbekiston jamiyatida bir savol tobora ko'proq yangramoqda

Shermuxammad Dexqonov “Huquqshunos”
Davlat gerbini o'zgartirish ayni paytda eng ustuvor masalami?

“Foto gazeta.uz” Qudratilla Rafiqov. Kasaba uyushmalari federasiyasi.
O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi Qudratilla Rafiqov tomonidan yangragan gerbni yangilash haqidagi fikr oddiy estetik taklif sifatida ko'rinishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi
Lekin davlat ramzi bu oddiy surat emas. Bu millionlab hujjatlar, minglab binolar, butun davlat tizimi degani.
Vaziyatni real tahlil qiladigan bo'lsak, xalqimiz bugun nimaga ko'proq muhtoj yangi gerbgami yoki yangi imkoniyatlargami?
Davlat ramzlari muqaddas. Bunga hech kim e'tiroz bildirmaydi. Gerb tarix, mustaqillik va davlat timsoli. Lekin davlatning qudrati faqat ramz bilan emas, xalqning turmushi bilan o'lchanadi.
Ochig'i, oddiy fuqaro uchun ish o'rni, arzon uy, sifatli tibbiyot, kuchli ta'lim, adolatli sud, barqaror iqtisod gerbdagi bir elementdan ko'ra ancha muhimroq. Chunki inson och qolganida ramzga emas, nonga qaraydi. Kasal bo'lganda esa gerbga emas, shifoxonaga umid qiladi.
Gerbni almashtirishning iqtisodiy tomoni esa juda katta. Bu faqat dizayner chizadigan yangi belgi emas. Agar davlat ramzi o'zgarsa, quyidagilar bosqichma-bosqich yangilanadi
Davlat idoralari peshlavhalari, vazirlik blankalari Maktab va universitet diplomlari Harbiy nishonlar, pasport va ID dizaynlari Sud, prokuratura va hokimlik muhrlari Elchixonalar atributlari, darsliklar Elektron tizimlar, davlat saytlaridagi vizual identifikasiya.
Bularning har biri milliardlab so'm xarajat degani.
Eng xavfli tomoni bu “ko'rinmaydigan xarajatlar”. Jamiyat ko'pincha faqat yangi gerb rasmini ko'radi. Lekin davlat apparati ortida... tenderlar, qayta ishlab chiqarish, almashtirish, logistika, utilizasiya, texnik moslashtirish kabi juda katta moliyaviy jarayonlar yotadi.Bir gerb o'zgarishi minglab muhrlarning o'zgarishi degani.
Bir muhr o'zgarishi esa butun hujjat aylanish tizimining yangilanishi degani.
Bugun esa O'zbekiston oldida bundan ham og'ir vazifalar turgani hukumatdagilarga sir emas. Bular: kambag'allikni qisqartirish, yoshlar bandligi, migrasiya, suv tanqisligi, korrupsiya, sud islohoti, ta'lim sifati kabilardir. Davlatning energiyasi va byudjeti avvalo shu muammolarga yo'naltirilishi kerak deb o'ylayman.
Aslida bugungi gerb mustaqillikning ilk yillaridagi orzu va umidlarning mahsuli. U bilan bir avlod ulg'aydi. U BMT minbarlarida turdi. U pasportlarda dunyoni kezdi. U sportchilarning ko'ksida madhiyamiz bilan birga hilpiradi.Ramzning qadrini uning yangiligi emas, tarixiy xotirasi belgilaydi.
Shu sabab bugungi bahsning markazida bitta savol turishi kerak!
Bizga hozir yangi gerb kerakmi yoki xalq ishonchini yanada mustahkamlashmi?
Agar xalq o'z davlatidan rozi bo'lsa, eski gerb ham buyuk ko'rinadi.
Agar xalq norozi bo'lsa, eng chiroyli gerb ham qalblarni birlashtira olmaydi.
Huquqiy jarayonning o'zi ham katta xarajat!
Davlat gerbini o'zgartirish faqat yangi tasvir chizish bilan tugamaydi. Bu murakkab konstitusiyaviy va huquqiy jarayon.
Chunki O'zbekiston Konstitusiyasida davlat ramzlari alohida konstitusiyaviy maqomga ega. Demak, gerb o'zgarsa, unga bog'liq qonunchilik bazasi ham qayta ko'rib chiqiladi.
Bu esa quyidagi bosqichlarni anglatadi:
1 Yangi konsepsiyani ishlab chiqish;
2 Ekspertlar va tarixchilar xulosalari;
3 Parlament muhokamalari;
4 “Davlat gerbi to'g'risida”gi qonunni yangi tahrirda qabul qilish;
5 Konstitusiyaga o'zgartirish kiritish;
6 Normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ishlab chiqish;
7 Davlat organlarining ichki nizomlarini yangilash;
8 Minglab yuridik blankalarni qayta tasdiqlash.
Bu jarayonning o'zi ham katta mablag' va vaqt talab qiladi.
Eng muhimi Konstitusiyaga oid har qanday o'zgarish oddiy texnik masala emas. Bu davlatning asosiy huquqiy hujjatiga aralashuv degani. Konstitusion o'zgarish esa parlament resurslari, huquqiy ekspertiza, rasmiy nashrlar, tarjimalar, axborot kampaniyalari, davlat tizimlarini moslashtirish kabi qo'shimcha xarajatlarni yuzaga chiqaradi.
Ko'pchilik “birgina rasm almashadi” deb o'ylaydi. Aslida esa davlat ramzi o'zgarishi butun huquqiy identifikasiya tizimining o'zgarishidir. Misol uchun > Sud qarorlaridagi davlat belgisi Prokuratura va ichki ishlar organlari muhrlari; Harbiy qismlar atributlari; Xalqaro shartnomalardagi rekvizitlar Diplomatik vakolatxonalar belgisi Davlat mukofotlari dizayni ham qayta moslashtirilishi mumkin.
Bu esa milliardlab so'mlik qo'shimcha byudjet yukini keltirib chiqaradi.
Savol esa yana o'sha joyga qaytadi...
Bugun davlat byudjetining ustuvor yo'nalishi nimadan iborat bo'lishi kerak?
Yangi gerbmi? Yoki kambag'allikni kamaytirish, yoshlarni ish bilan ta'minlash, tibbiyot sifatini oshirish, sud tizimini mustahkamlash, qishloqlardagi infratuzilmani yaxshilashmi?
Davlatning kuchi ba'zan yangi ramz yaratishda emas, mavjud ramzga xalqning ishonchini saqlab qolishda namoyon bo'ladi.
Tarix shuni ko'rsatadiki, xalq qalbidan joy olgan ramzlar tez-tez almashtirilmaydi. Chunki ramzning kuchi uning dizaynida emas u bilan bog'liq xotira, kurash va avlodlar hissiyotidadir.
Gerbni o'zgartirish davlatni kuchaytirib yubormaydi. Ammo byudjetni asrash xalqni kuchaytiradi. Bugun davlat ramzini emas, xalqning ertangi kunini saqlab qolish muhimroq. Chunki tejalgan har bir milliard bu yangi maktab, yangi ish o'rni, yangi shifoxona va minglab oilalarning umididir. Tarixiy ramzlar esa tez-tez almashtirilganda emas, xalq qalbida saqlanganda buyuk bo'ladi.
Huquqshunos Bloger
Shermuhammad Dehqonov
Muallif
ModeratorIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.