Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi tashabbusi va viloyat kasaba uyushmalari federatsiyasi qo‘llovi bilan 30 nafar jurnalist hamda blogerlar poytaxtga sayohatga yo‘l oldilar.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi tashabbusi hamda viloyat kasaba uyushmalari federatsiyasi qo‘llovi bilan 30 nafar jurnalist va blogerlardan iborat guruh Toshkent shahriga sayohatga yo‘l oldi.
Sayohat ishtirokchilari poytaxtdagi “Sayohat sari” mehmonxonasiga joylashtirilib, ular uchun ma’naviy-ma’rifiy va madaniy dastur tashkil etildi. Dastlab jurnalistlar Yangi O‘zbekiston bog‘i hamda G‘alaba bog‘ida bo‘lib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, milliy tarix va xotirani asrash borasidagi sa’y-harakatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Sayohat davomida ishtirokchilar zamonaviy infratuzilma, yangi shaharsozlik yechimlari va poytaxtda yaratilgan sharoitlarni kuzatib, o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashmoqdalar. Bu kabi tashriflar jurnalist va blogerlarning dunyoqarashini kengaytirish, kasbiy faoliyatida yangi g‘oya va tajribalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sayohatning navbatdagi manzili Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘lib, mazkur maskanda ishtirokchilar xalqimizning boy tarixi, ilm-fan va ma’naviyat taraqqiyotiga oid noyob eksponatlar hamda zamonaviy muzey texnologiyalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Muallif
Izohlar yo'q.