Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Prezident tashrifi oldidan nimalar yashirilgan edi? Farg'onani "qizil hudud"dan qutqargan general bugun Toshkentda kimlarni kutmoqda? Mevali daraxtga otilgan toshlar va kibrdan ustun kelgan adolat tarixi.

ФВВ вазири Азизбек Икрамов
Bugun, 2026 yil 31 may kuni soat 9:00 da Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati binosida vazir, general-mayor A.I. Ikramov tomonidan fuqarolar, tadbirkorlar, tizim xodimlari va ularning oila a'zolari uchun navbatdagi shaxsiy qabul o'tkaziladi.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Kichik halqa yo'li ko'chasi, 4-uy.
Eslatma Qabulga tashrif buyuruvchilardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so'raladi.
Biz vazirlik tomonidan berilgan ushbu rasmiy e'lonni shunchaki navbatdagi tadbir emas, balki xalqchil rahbarning o'z so'zi va tamoyillariga sodiqligi ifodasi deb bilamiz. Zero, biz bu insonning ish uslubini, fidoiyligini kecha yoki bugun emas, u kishi Farg'ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga rahbar etib tayinlangan eng og'ir davrlardan buyon yaxshi bilamiz.
Bir paytlar Farg'onada jinoyatchilik avj olib, asl vaziyat yashirilgan,
Ana shu paytlardagi yashiringan jinoyatlar ortidan bugun odamlarning oilasi jabr ko'rdi
soxta hisobotlar (svodkalar) bilan yuqori tashkilotlar chalg'itilgan kunlar ham bo'lgan edi.
Ushbu mavzu bo'yicha video bayonotlar
11-May kuni 3 yil bo'lar ekan voqealarga xam)
O'shanda viloyat IIBni boshqargan sobiq rahbarlar davrida haqiqiy jinoyatlar yopdi-yopdi qilinib, adolat izlaganlar emas, balki asossiz ig'volar orqali ish yuritilgan vaziyatlarga guvoh bo'lganmiz. Hatto Davlat rahbarining viloyatga tashrifi arafasida Kirgili mavzesida sodir etilgan 11 yoshli murg'ak qizaloqning fojiali o'limi ham yashirilishga urinilgan edi. O'shanda ijodiy jamoamiz bor mas'uliyatni bo'yniga olib, asl haqiqatni Prezidentimizga etkazish uchun video va maqolalarni ketma-ket e'lon qilgandi. Natijada adolat qaror topib, soxtakor tizim rahbarlari lavozimidan chetlatilgan edi.
General-mayor Azizbek Ikramov Farg'onaga rahbar etib tayinlangach, viloyat "qizil hudud"dan chiqarildi.
Xalq guvoh Har yakshanba kuni tinim bilmay ommaviy va shaxsiy qabullar tashkil etildi. Vaqtni yo'qotmaslik uchun avtomashinasida 10 daqiqada tushlik qilib, yana xalqning dardini tinglashga qaytgan tirishqoqlikka guvoh bo'lganmiz.
Jinoyatchilik keskin jilovlanib, Farg'ona yana osoyishta hududga aylandi.
General mayyor Azizbek Ikramov bayonoti
Xalqimizda "Mevali daraxtga tosh otiladi" degan naql bor. Generalning ushbu halol mehnatlari, sabri va to'g'riligi Alloh tomonidan mukofootlanib, bugun u kishi Vazir darajasiga ko'tarildi.
Eng quvonarlisi, yuqori lavozim ham u kishidagi kamtarlikni, xalq bilan hamnafaslikni o'zgartirolmadi. Vazirlik faoliyatining dastlabki kunlaridanoq yana odamlarning og'irini engil qilish uchun qabullarni boshlab yubordilar.
Biz ko'ngli ochiq, adolatli va tinim bilmas Generalimizga yangi mas'uliyatli vazifalarda Allohdan kuch-quvvat va yo'llari hamisha ochiq bo'lishini tilab qolamiz!
Muammosi va murojaati bor yurtdoshlarimizni esa bugungi qabulda faol ishtirok etishga chaqiramiz.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.