Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Bir tomonda yirik renovasiya loyihasi va yangi uylarini kutayotgan o'nlab oilalar, ikkinchi tomonda esa o'z haqqi va mulki uchun kurashayotgan bir fuqaro. Farg'onadagi bahsli masala qanday hal etildi? Quruvchi va murojaatchi o'rtasidagi ziddiyat qanday qilib kelishuvga aylandi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-26-sonli Farmoni hamda Farg'ona viloyati hokimining shahar va tumanlarda aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida renovasiya asosida yangi turar joy binolari qurish bo'yicha qarorlari asosida Farg'ona shahrida renovasiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Renovasiya loyixasi
Mazkur loyihani amalga oshirayotgan “Ikat Vodiy” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ko'p qavatli turar joylar qurilishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilgan bo'lib, korxonada 36 nafar ishchi, 12 ta maxsus texnika va malakali muhandis-texnik xodimlar faoliyat yuritmoqda.

Qurilish ishlari doirasida hududda yashovchi aholining deyarli barchasi bilan kelishuvga erishilgan. Qurilish tashkiloti rahbari Avazbekning ta'kidlashicha, loyihaga tushgan xonadon egalarining 99 foizi renovasiya shartlariga rozilik bildirgan.
Murojaat qilingan video lavha
Biroq aholidan bir nafar fuqaro Nodirbek aka bilan kelishuv jarayoni ma'lum vaqt davomida murakkab kechgan. Tomonlar o'rtasida bir qator muzokaralar va muhokamalar olib borilgan.

Kelishuv bitimi tuzulish jarayoni
Farg'ona viloyati hokimligi va Farg'ona shahar hokimligi ko'magida tashkil etilgan ochiq muloqotlar hamda o'zaro kelishuvlar natijasida masala ijobiy hal etildi. Bugun tomonlar oltin o'rtaliqqa erishib, kelishuv jarayonini muvaffaqiyatli yakunladilar.

Hokimlik vakillari bilan xamkorlikda muzokara jarayoni
Kelishuvga ko'ra, Nodirbek akaning uy-joyi Farg'ona shahridagi amaldagi bozor qiymati asosida sotib olinishi bo'yicha kelishuvga erishildi.

Nodirbek akaning xonadoni
Tomonlar o'rtasida notarial tartibda rasmiy kelishuv tuzilib, barcha huquqiy jarayonlar qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirildi.
Muzokaralar davomida har ikki tomonning huquq va manfaatlari inobatga olindi. Natijada ham quruvchi, ham murojaatchi uchun maqbul bo'lgan echim topildi va masala o'z yakuniga etdi.

Quruvchi Avazbek aka xamda Murojaatchi Nodirbek tog'a
Eng muhimi, kelishuv jarayoni yakunlanganidan so'ng ham quruvchi Avazbek aka va Nodirbek aka o'rtasidagi do'stona munosabatlar saqlanib qoldi. Tomonlar bir-biriga hurmat bilan munosabat bildirib, o'zaro yaxshi aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Qurilish tashkiloti rahbari Avazbek mazkur masalaning tinch va o'zaro hurmat asosida hal etilganidan mamnun ekanini bildirib, har qanday muammoni muloqot va kelishuv orqali hal qilish mumkinligini ta'kidladi.
Shu tariqa, renovasiya loyihasi doirasidagi mazkur masala tomonlarning o'zaro kelishuvi asosida to'liq hal etildi va jarayon muvaffaqiyatli yakunlandi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.