Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Qonun ustuvorligi ta'minlanishi uchun nafaqat adolatli sud hukmi chiqarilishi, balki uning ijrosi ustidan o'rnatilgan nazorat ham mukammal ishlashi shart. Aks holda, jazoning muqarrarligi prinsipi o'z kuchini yo'qotadi va fuqarolarning huquqiy tizimga bo'lgan ishonchiga putur etadi.

Sud hukmi va ijro nazorati Farg'onada mahkum etilgan shaxs taqiqlarga qaramay tarmoqda chiqish qilmoqda(mi)?
Davlat nomidan chiqariladigan sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach, ularning ijrosi so'zsiz ta'minlanishi qonun ustuvorligining eng birlamchi sharti hisoblanadi. Ayniqsa, axborot makonida ijtimoiy tarmoqlar orqali shaxslarning qadr-qimmatini tahqirlash bilan bog'liq jinoyatlar uchun tayinlangan jazolar ijrosi nafaqat huquqiy, balki jiddiy ijtimoiy ahamiyatga ega. Biroq, Farg'ona shahrida kuzatilayotgan ayrim holatlar sohadagi nazorat mexanizmlarini yanada kuchaytirish zarurligini ko'rsatmoqda.

Sud xukmi
Ma'lumki, jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona shahr sudining 2025 yil 22 dekabrdagi 1-1502-2508/425-sonli hukmi hamda Farg'ona viloyat sudi jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati taftish instansiyasining 2026 yil 29 apreldagi 1-15-2603/49-sonli ajrimi bilan fuqaro I.M ga oid Jinoyat kodeksining 139 (tuhmat) va 140-moddalari (haqorat) bilan aybli deb topilib, unga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan edi.
Mazkur jazo turi doirasida sud mahkumning zimmasiga juda qat'iy majburiyat va cheklovlarni yuklagan. Ular orasida eng asosiylaridan biri internet tarmog'idan foydalanmaslik taqiqi hisoblanadi. Bunday cheklovning qo'yilishi mahkum tomonidan virtual makonda qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish va jabrlanuvchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadini ko'zlagan. Amalda esa Tarmoqdagi faollik davom etmoqda
Sud qarorlari barcha instansiyalarda, shu jumladan oliy instansiyada ham ko'rilib o'z kuchida qoldirilganiga qaramay, bugungi kunda I.M tomonidan qonun talablariga rioya etilishi masalasi haqli savollarni tug'dirmoqda. Kuzatuvlar shuni ko'rsatadiki, mahkum o'ziga tegishli YouTube sahifasi orqali chiqishlar qilishda, to'g'ridan to'g'ri efirlar orqali fuqarolarning osoishtaligiga daxl qiluvchi chiqishlarni davom ettirishda guvoh bo'lish mumkin.
Bu holat tabiiy ravishda jamoatchilikda va voqeadan xabardor fuqarolarda e'tiroz uyg'otmoqda. Agar sud hukmi bilan internetdan foydalanish rasman taqiqlangan bo'lsa, mahkumning tarmoqda ochiqchasiga faoliyat yuritishini qanday tushunish mumkin?

taftish instansiyasi ajrimi
Mazkur jazo ijrosini ta'minlash to'g'ridan-to'g'ri Farg'ona shahar IIB JXX Probasiya bo'limi zimmasiga yuklatilgan. Albatta, probasiya xizmati tomonidan mahkumlarni nazorat qilish, ularning yashash joylarini tekshirish bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Biroq, aynan raqamli makondagi taqiqlar ijrosini nazorat qilish tizimida ma'lum bir bo'shliqlar yoki texnik sustkashliklar ko'zga tashlanayotgandek.
Mahkumning tarmoqqa muntazam ravishda chiqishlar qilayotgani probasiya xodimlarining diqqat-e'tiboridan chetda qolayotgani yoki ushbu holatga nisbatan o'z vaqtida qat'iy ta'sir choralari ko'rilmayotganidan dalolat beradi.
Aslida esa, Jinoyat-ijroiya qonunchiligi talablariga muvofiq, ozodlikni cheklash jazosi o'tash davrida belgilangan taqiq va majburiyatlarni muntazam ravishda buzib kelgan shaxslarga nisbatan probasiya organining taqdimnomasiga asosan jazoning o'talmagan qismi ozodlikdan mahrum qilish (qamoq) jazosiga almashtirilishi lozim.
Muallif
ModeratorIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.