Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Farg'ona viloyati Ekologiya boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o'tgan 5 oylik faoliyat sarhisobiga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi. Tadbirda tizimli reydlar natijadorligi va ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama markazida bo'ldi.

Fargʻona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbirning asosiy mavzusi 2026 yilning dastlabki besh oyi davomida viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tizimli ishlar va istiqboldagi rejalar tahliliga bagʻishlandi.
Anjumanda taʼkidlanganidek, hisobot davrida hududda ekologik qonunchilik ijrosini taʼminlash, tabiatga yetkazilgan zararlarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻplab reyd tadbirlari oʻtkazilgan. Xususan, prokuratura organlari bilan yoʻlga qoʻyilgan yaqin hamkorlik natijasida noqonuniy daraxt kesilishi, yer resurslaridan notoʻgʻri foydalanish va chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga nisbatan keskin choralar koʻrilgan.
Tadbirda viloyat prokuraturasi boʻlim boshligʻi Ulugʻbek Nishonov ishtirok etib, kelgusi vazifalarga toʻxtalib oʻtdi. Mutasaddining qayd etishicha, bundan buyon hamkorlik faqatgina jazo choralarini qoʻllash bilan cheklanib qolmay, balki huquqbuzarliklarning oldini olish — profilaktika ishlariga ham alohida urgʻu beriladi.
Muloqot davomida jurnalistlar va jamoatchilik faollari tomonidan sohani rivojlantirishga doir qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Har bir fikr atrofli oʻrganilib, amaliy jihatdan qoʻllab-quvvatlanishi taʼkidlandi.
Bu kabi ochiq muloqotlar Fargʻona viloyatida ekologik xavfsizlikni taʼminlash va tabiiy boyliklarni kelgusi avlod uchun asrab-avaylashda davlat organlari va jamoatchilik oʻrtasidagi koʻprik boʻlib xizmat qiladi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.