Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ba'zi tashkilotlar tarixida shunday davrlar bo'ladiki, uni faqat raqamlar yoki hisobotlar bilan emas, balki odamlarning xotirasi, kechirgan qiyinchiliklari va keyingi o'zgarishlar bilan o'lchash mumkin. “Farg'ona suv ta'minoti” AJ ham ana shunday murakkab va mas'uliyatli yo'lni bosib o'tgan tizimlardan biri.

Bir paytlar sohada turli muammolar, aholi e'tirozlari, infratuzilma bilan bog'liq kamchiliklar va xodimlarning ijtimoiy masalalari kun tartibida turgani hech kimga sir emas. Ammo bugun manzara o'zgarmoqda.

M.Sh. Yuldashevni ushbu kuvonchli vokea bilan samimiy muborakbod etamiz!
Murodjon Shokirovich Yuldashev “Farg'ona suv ta'minoti” AJ rahbari sifatida ish boshlaganidan keyin tizimda yangi yondashuv, yangi mas'uliyat va o'zgarishlarga bo'lgan intilish kuchaydi.

Feniks qushi
Go'yoki kuldan qayta tirilgan Feniks qushidek, korxona ham yangi bosqichga ko'tarilishga harakat qildi.

Bu o'zgarishlar esa, avvalo, rahbarning shaxsiy mehnati va talabchanligi bilan uyg'unlashdi.

"Fargona suv taminoti" AJ direktori M.Sh. Yuldashev
Murodjon Shokirovich tomonidan kechani kecha demay, kunduzni kunduz demay, qishning sovug'ini sovuq demay, yozning jazirama issig'ini pisand qilmay, tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, ish jarayonlarini yaxshilash va jamoa oldida turgan vazifalarni hal etish yo'lida tinimsiz mehnat qilindi.

Rahbarlik muammo chiqqan joyga borish, odamlarning dardini eshitish, qiyin vaziyatda mas'uliyatni o'z zimmasiga olish, natija talab qilish va eng muhimi, jamoani ortidan ergashtira olishdir.

Chunki odamlar uchun suv oddiy xizmat emas, balki kundalik hayotning eng zarur ehtiyojlaridan biri.
Shuning uchun tizimdagi har bir o'zgarish, har bir ta'mirlangan tarmoq, har bir bartaraf etilgan avariya va har bir yaxshilangan xizmat ortida kimningdir kechasi, kimningdir qishdagi sovuqdagi mehnati, kimningdir yoz jaziramasidagi mashaqqati bor.

Bu jarayonda Murodjon Shokirovichning shaxsiy tashabbusi va fidoyiligi ham alohida e'tiborga loyiq.

Eng muhimi, o'zgarishlar qog'ozda qolib ketmadi. Xodimlarning mehnatiga e'tibor kuchaydi, ish haqlarining o'z vaqtida to'lanishi ta'minlana boshladi. Suv ta'minoti infratuzilmasini yaxshilash, mavjud tarmoqlarni yangilash va xizmat ko'rsatish sifatini oshirishga alohida ahamiyat qaratildi.
Albatta, bir necha yil davomida shakllangan muammolarni bir kunda hal qilib bo'lmaydi. Bu katta infratuzilma, ulkan mablag', minglab kilometr tarmoqlar va har kuni aholi bilan ishlaydigan katta jamoani qamrab olgan murakkab tizim.
Bugun “Farg'ona suv ta'minoti” AJ direktori Murodjon Shokirovich Yuldashevning O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli Farmoniga muvofiq yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlangani ham ana shu mehnatlarga berilgan munosib e'tirofdir.

Bu mukofot bir kunlik mehnatning emas, balki yillar davomida qilingan fidokorlik, izlanish, mas'uliyat va tinimsiz mehnatning natijasi.
Kechani kecha demay, kunduzni kunduz demay, qishning sovug'i va yozning jaziramasida tizim bilan birga yashab, uning muammolariga echim izlagan mehnatning bugun davlat tomonidan e'tirof etilishi albatta, quvonarli voqea.
Fergamamedia.uz tahririyati nomidan Murodjon Shokirovich Yuldashevni ushbu yuksak davlat mukofoti bilan samimiy muborakbod etamiz.
E'tirofingiz yanada katta mas'uliyat va yangi marralarga yo'l ochsin.
Suv ta'minoti sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar izchil davom etib, Farg'ona aholisi uchun yanada sifatli, barqaror va zamonaviy xizmatlar ko'rsatilishiga tilakdoshmiz.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.