Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Murojaatda tizimli ravishda sodir etilayotgan elektr tokidan noqonuniy foydalanish holatlari, davlat idoralari tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarning ichki ishlar organlarida asossiz kechiktirilayotgani hamda aholi yashash joylarida xavfsizlik qoidalarining qo'pol ravishda buzilayotgani ochiqlangan.

Bugungi kunda mamlakatimizda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi keskin choralar ko'rilayotgan va texnik xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi qat'iy talab qilinayotgan bir paytda, joylarda ijro intizomining sustligi va aholi xavfsizligiga sovuqqonlik bilan qarash holatlari jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Фарғона шахар электр корхонаси раҳбари Файзуллаев Давлатжон ака хамда юрист Шохиста опа Алижонова
Fergana media tahririyatiga Farg'ona shahrida uzoq yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan tajribali yurist, advokat Shoxista opa Alijonova murojaat yo'lladi.

Шохиста опа Алижонова Юрист
Bir yildan beri murojaat qilmagan eshigim qolmadi, oxir-oqibat vaziyatni ommaga e'lon qilishga qaror qildim, deydi kuyinib opa. Murojaatchi tomonidan taqdim etilgan rasmiy hujjatlar va faktlar asosida sohaga oid ikkita eng og'riqli va xavfli nuqta namoyon bo'lmoqda.

Далолатнома “АКТ”
Birinchi masala elektr tokiga noqonuniy ulanish va ijro tizimidagi kechikishlar bilan bog'liq. Rasmiy hujjatlarga ko'ra, Farg'ona shahri Mustaqillik shoh ko'chasidagi xonadonlardan birida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan Farg'ona ShETK tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan va tizimga 1 354 752 so'm moddiy zarar yetkazilganlik holati qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan qonuniy chora ko'rish va ishni sudga chiqarish uchun barcha materiallar Farg'ona shahar IIOFMBga rasmiy xat bilan yuborilgan. Biroq, barcha isbotlar tayyor bo'lishiga qaramay, nima sababdandir mazkur materiallar bo'yicha yakuniy huquqiy baho berish jarayoni asossiz ravishda kechiktirilmoqda va hujjatlar quyi bo'g'inda qonuniy echimini topmay to'xtab turibdi.

Ikkinchi va eng xavfli masala gaz ta'minotidagi texnik xavfsizlik qoidalarining qo'pol ravishda buzilishidir.

Шохиста Алижонованинг Хонадони
Shoxista opaning aytishicha, mahalliy gaz taqsimlash punkti ya'ni GRP uning bir devor qo'shnisining uyida joylashgan.

Yuqori bosimli gaz quvuri esa bevosita opaning yashash uyi tomidan va devoridan o'tgan.

Bundan tashqari, yon qo'shnining xonadonida yuqori issiqlikdagi va katta haroratli qozonlar ishlab turganini aytmoqda. Tajribali huquqshunos ushbu qozonlarning gaz quvuriga o'ta yaqinligi, agar biror kor-hol yoki favqulodda vaziyat yuz berguday bo'lsa, bunga kim javob berishi haqidagi haqli savolni o'rtaga tashlamoqda. Bir yildan beri aholi hayotiga tahdid solayotgan ushbu “portlash” va yong'in xavfi bo'yicha qilingan murojaatlar mas'ul tashkilotlar tomonidan e'tiborsiz qoldirilmoqda ekan.
Davlat mulkiga yetkazilgan zarar hujjatlarining ijrosiz qolishi hamda yuqori bosimli gaz quvurlari ostida xavfli qo'shnichilik muhiti yuzaga kelgani sababli, Fergana media tahririyati tomonidan Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va O'zenergoinspeksiya rahbariyatiga rasmiy murojaat yo'llaydi. Murojaatimizning qisqacha mazmuni mas'ul xodimlarning harakatsizligi yuzasidan xizmat tekshiruvi o'tkazish hamda hududdagi GRP va gaz quvurlarining texnik holatini zudlik bilan mutaxassislar ishtirokida nazoratdan o'tkazish so'raladi.
Fergana media voqealar rivojini va mas'ul davlat idoralarining ushbu xavfli vaziyatga nisbatan ko'radigan choralarini kuzatishda davom etadi.
Muallif
ModeratorIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.