Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Bugungi tadbir shunchaki hisobot emas, farg'onalik qalam ahlining jipsligi va ustoz-shogird an'analarining yorqin namoyishi bo'ldi. Muhammadjon Obidovning besh yillik faoliyati va moliyaviy shaffoflik bo'yicha bergan hisoboti uyushmaning naqadar tizimli ishlayotganini ko'rsatdi. Nuroniy ustozlarimizning bir-birlariga bo'lgan yuksak ehtiromi biz yosh “kadrlar” uchun eng katta ma'naviy maktab vazifasini o'tadi.

Устоз Мухаммаджон Обидов
Farg'ona viloyati ijodkorlari uchun navbatdagi muhim voqelik O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo'limining umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir nafaqat besh yillik faoliyat sarhisobi, balki viloyat media muhitidagi eng dolzarb masalalar muhokama qilingan jonli muloqot maydoniga aylandi.
“Fergana Media” vakili sifatida ushbu yig'ilishda ishtirok etar ekanman, eng avvalo, davraga fayz berib turgan nuroniy ustozlarimizni ko'rib ko'nglim taskin topdi.

Ularning yuzidagi samimiyat, bir-birlariga bo'lgan yuksak ehtiromlari har qanday insonni hayratga soladi.

O'zlari ustoz bo'la turib, hamkasblariga “Ustoz” deya murojaat qilishlari haqiqiy madaniyat va kasbiy sadoqatning oliy namunasidir.

Bu manzarani kuzatib, ich-ichimdan quvondim

“Ertaga biz ham mana shunday yoshlarga kirib, shunday hurmat topish nasib qilsin”, deya niyat qildim.

Yig'ilishda Uyushma raisi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidovning ustozning hisoboti tinglandi.

Ta'kidlash joizki, viloyat bo'limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va moliyaviy hisobotlar har bir tiyingacha aniq-ravshan tahlil qilib berildi.

Mablag'larning maqsadli sarflangani, uyushma mas'ullarining bu boradagi qat'iy nazorati farg'onalik qalam ahlining uyushmaga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamladi.

Hisobotda quvonarli yutuqlar bilan birga, dilni xira qiladigan og'riqli nuqtalar ham tilga olindi.

Xususan, bosma OAVlarning ahvoli bugungi kunning eng katta muammosi bo'lib qolmoqda.
Ilgari viloyatda 80 dan ortiq gazeta faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, bugun ular soni 27 taga tushib qolgan.

Qo'qon shahri, O'zbekiston, Furqat va Uchko'prik tumanlarida gazetalar chiqmayapti.
Uyushma a'zolarining 60-70 foizini faxriylar tashkil etadi, tahririyatlarda yosh kadrlar etishmovchiligi sezilmoqda.

Bunda muassislarning e'tiborsizligi bilan bir qatorda, jurnalistlarning o'zlarida ham g'ayrat va shijoat etishmayotgani tanqidiy qayd etildi. Yangi qadamlar Yig'ilishda O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhratjon Oripov ishtirok etib, Farg'ona jurnalistlari faoliyatini yuqori baholadi.

Tadbir davomida 9 nafar boshqaruv va 3 nafar taftish komissiyasi a'zolari tasdiqlandi, shuningdek, respublika konferensiyasi uchun delegatlar saylandi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu yig'ilish Farg'ona jurnalistikasining nafaqat kechagi kuni, balki ertangi istiqboli uchun ham muhim dasturilamal bo'ldi. Ustozlar duosi va yoshlar shijoati birlashgan joyda, albatta, yangi zafarlar bo'ladi

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.