Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Farg'ona shahrining Eko-shahar hududida barpo etilgan Farg'ona ekspo xalqaro markazi viloyat iqtisodiyotining yangi drayveriga aylanmoqda. Viloyat hokimligi va OAV vakillari ishtirokidagi press-turda markazning ulkan imkoniyatlari taqdim etildi. 5 gektar maydonda joylashgan majmua 200 dan ortiq korxona mahsulotlarini namoyish etish imkoniga ega.

Фарғонадаги экспо центр
Farg'ona shahridagi zamonaviy Eko-shahar hududida barpo etilgan Farg'ona ekspo xalqaro ko'rgazmalar markazi bugun viloyatning iqtisodiy yuziga aylanib bormoqda.

Kuni kecha Farg'ona viloyati hokimligi mutasaddi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar hamkorligida ushbu majmuaga maxsus press-tur tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar markazning faoliyat yo'nalishlari va investorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'ldilar.

Mazkur markazning asosiy maqsadi viloyatning iqtisodiy salohiyatini keng namoyish etish, sanoat kooperasiyasini rivojlantirish, eksportni rag'batlantirish hamda investorlar uchun xalqaro standartlarga mos servis muhitini yaratishdan iborat.

Majmua nafaqat ko'rgazma maydoni, balki tadbirkorlar va investorlar uchun yaxlit muloqot maydonchasi vazifasini o'tamoqda. Besh gektar maydonni egallagan ushbu ulkan majmuada bir vaqtning o'zida 200 dan ortiq ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlarini namoyish etish imkoniyati mavjud. Bu esa viloyatga kelgan mehmonlar va tadbirkorlar uchun mahalliy mahsulotlar bilan bir joyning o'zida tanishish qulayligini yaratadi.

Yangi barpo etilgan 8 qavatli binoning me'moriy echimi ham o'ziga xosdir.

Binoning dastlabki ikki qavati savdo, investisiya va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlovchi tashkilotlar uchun ajratilgan bo'lib, bu erda davlat idoralari va biznes vakillari o'rtasida

to'g'ridan-to'g'ri aloqa o'rnatiladi. Yuqori qavatlar esa xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar uchun zamonaviy ofislar sifatida xizmat qiladi.
Markazda yil davomida 15 ta tarmoq yo'nalishi bo'yicha doimiy ko'rgazma-yarmarkalar faoliyat yuritadi. Bu erda davlat idoralari, ishlab chiqaruvchilar, eksportchilar va investorlar bir maydonda uchrashib, amaliy hamkorlikni yo'lga qo'yadilar. Eko-shahar hududida joylashgan ushbu maskan Farg'ona viloyatining investisiyaviy jozibadorligini oshirishda muhim strategik ahamiyatga ega.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.