Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Toshkent shahriga qarashli yirik elektr podstansiyalaridan birida yuz bergan kuchli portlash va undan keyingi dahshatli yong'in poytaxtning talaygina markaziy hududlarini chiroqsiz va suvsiz qoldirdi.

Obyektlar va tadbirkorlik sub'ektlarida na chiroq bor, na suv bor bo'ldi. Jazirama issiq uylarda, dim xonalarda qolgan ahol og'ir ahvolda. Yoshlar-ku vaziyatdan chiqib ketishi mumkin, ammo bunday dim havoda uydan tashqariga chiqa olmaydigan yoshi katta nuroniylarimiz, surunkali xastaligi bor bemorlar va go'daklarning sog'lig'i ayni daqiqalarda jiddiy xavf ostida qolgan edi.
Воқеа жойидан жонли эфир
Nahotki tizim mas'ullari vaziyatning mana shunday ijtimoiy oqibatlarini, inson qadrini hisobga olishmagan bo'lsa?
Biz anomal sovuqlarni boshdan kechirdik, kuz-qish mavsumidan «amalab», zo'r-bavaqt chiqib oldik.

Agar yozning ilk haftalaridanoq poytaxt markazidagi infratuzilma bu darajada pand berishni boshlagan bo'lsa, hali oldinda turgan haqiqiy saraton chillasi, anomal issiq kunlarni qanday tasavvur qilish mumkin? Tizim bunga tayyormi o'zi?

Poytaxt obro'si va «kulib o'tirgan» turistlar faktori
Ushbu avariya oqibatida nafaqat oddiy aholi, balki poytaxt markazida joylashgan bir nechta yirik mehmonxonalar va ularda istiqomat qilayotgan chet ellik mehmonlar ham suvsiz va elektrsiz qoldi.

Зимистон электрсиз сувсиз қолган ахоли
Poytaxtga uzoq-yaqindan kelgan, yurtimizning turizm jozibadorligi haqidagi balandparvoz gaplarga ishonib mablag' sarflagan xorijlik sayyohlar bugungi ahvolimizni ko'rib, ajralanib, piching bilan kulib o'tirishibdi. 21-asrda, davlatning bosh shahrida 7 soatlab ichimlik suvi va elektr ta'minotining butunlay uzilishi bu mamlakatning investitsiyaviy muhiti va xalqaro imijiga berilgan jiddiy zarbadir.
Воқеа қандай бўлган
Har qanday rivojlangan davlatning energetika tizimida yuqori darajali manevr imkoniyatlari, ya'ni zaxira yo'nalishlari (obxodnoy liniyalar) bo'lishi shart. Loyiha bo'yicha, agar bitta yirik podstansiya ishdan chiqsa yoki portlasa, tizim avtomatik ravishda yoki tezkorlik bilan aholini qo'shni tarmoqlarga o'tkazishi va ta'minotni tiklashi lozim edi.
Xo'sh-xo'sh bu safar nega ushbu tizim ishlab ketmadi?
Mutaxassislarning fikricha, yangi qurilayotgan ko'p qavatli binolar va ob'ektlarni eski infratuzilmaga ulab tashlash natijasida qo'shni podstansiyalarning o'zi ham maksimal yuklama (perenagruzka) bilan ishlamoqda va qo'shimcha yukni o'ziga ololmaydi.
Vaziyat bo'yicha aholi va guvohlar bilan bevosita suhbat olib borilganda juda shubhali va qiziq bir holat ayon bo'ldi. Portlash sodir bo'lgan hududga tezkor qutqaruv xizmatlaridan tashqari, Davlat standarti (muvofiqlikni baholash organi) xodimi ham yetib kelgan ekan Guvohlarning guvohlik berishicha,

portlagan joyga yaqindagina YANGI transformator o'rnatilganini aytib o'tgan!
Mutaxassislarga va Vazirga savol

Yangi transformator nega portladi?
Aytng-chi, hurmatli soha mutaxassislari,
Agar uskuna eski bo'lganida, muddati o'tgan deb bahona qilish mumkin edi. Ammo yangi uskunaning portlashi juda jiddiy jumboqlarni va shubhalarni o'rtaga chiqaradi Brak yoki sifatsiz xaridlarmi? Deya fikir kelmoqda bizda xafa bo'lmang tag'in lekin bu bizning fikrimiz. Davlat xaridlari orqali byudjetdan millionlab mablag' ajratilib, aslida texnik talablarga umuman javob bermaydigan, sifatsiz yoki «brak» uskuna sotib olinganmi? Yana savollar kelib chiqmoqda bu ham bizning fikrimiz
Ushbu transformator o'zi real “GOST”ko'rigidan o'tganmidi?
Voqea joyiga Davlat standarti xodimining zudlik bilan yetib kelishidan maqsad nima? Yangi uskunaning hujjatlaridagi kamchiliklarni va asl aybdorlarni yashirishmi yoki haqiqatni aniqlash?
Strategiya qani? Energetika vaziri Jo'rabek Mirzamahmudov va tizim rahbarlari strategik ob'ektlarda bunday inqirozlar yuz berganda aholini ichimlik suvi bilan ta'minlaydigan nasoslarni avtonom generatorlar bilan jihozlashni nega o'ylab ko'rishmagan?

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.